Pulning paydo bo`lishi, zarurligi va funktsiyalar fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish sabablari. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari


Download 36.87 Kb.
bet6/12
Sana08.05.2023
Hajmi36.87 Kb.
#1444575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PULNING PAYDO MARUZA1

Qog’oz pullar asosan muomila va to`lov vazifasini bajaradi.
Aholining qo`lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar
jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob
raqamlaridagi pul mablag’lari ham to ishlatilgunga qadar jamg’arish
vositasi funksiyasini bajaradi. Jamg’arish vositasi funksiyasining
alohida holati xazinalarni shakllantirish vositasi vazifasi bo`lgan.
Jamg’arish funksiyasining vazifalari (tanga, quyma):
• xazinalar pul muomalasini avtomatik ravishda o`z-o`zidan
tartibga soluvchi vazifasini bajargan;
•xazinalar banknotalar muomalasining barqarorligini
ta’minlaydi.
Zamonaviy oltin xazinalari pulning inflyatsion pasayishidan
sug’urta sifatida foydalaniladi. Rasmiy oltin zaxiralari xalqaro likvid
aktiv sifatida xizmat qiladi, uni jahon bozorida tovarlarni sotib olish
yoki xalqaro qarzni to`lash uchun zarur bo`lgan valyutani olish uchun
sotish mumkin. Hozirgi bosqichda xazinalardagi oltinni milliy yoki
30
jahon bozorida to`g’ridan-to`g’ri sotib olish yoki to`lash vositasi
sifatida ishlatish mumkin emas.
4. Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon
bozorlarida kotirovka qilinadigan ya`ni oldi-sotdi qilinadigan
valyutalar bajaradi. Masalan: o`zbek so`mi bu vazifani bajarmaydi.
Xalqaro hisob-kitob banki ma`lumotlariga ko`ra, xalqaro valyuta
bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta
valyutada amalga oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro
rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi
beradi. Jahon pul funksiyasi ularni xalqaro munosabatlarga xizmat
ko`rsatishda ishlatadi.
Jahon pullari hozirda ikkita funksiyani bajaradi:
• xalqaro to`lov vositalari;
• xalqaro zaxira ob’yekti.
Xalqaro to`lov vositasi funksiyasida dunyo pullari to`lov
balansini to`lash, xalqaro kreditlarni berish va to`lash, jahon bozorida
tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to`lovlar orqali to`lash uchun
ishlatiladi. Jahon pullari alohida davlatlarning, xalqaro moliya
institutlarining, shuningdek, tijorat banklarining valyuta zaxiralarini
shakllantirishda xalqaro zaxira fondlari funksiyasini bajaradi.
Mamlakatlar o`rtasida metall pullarning erkin harakati
sharoitida jahon pullari vazifasini birinchi bo`lib kumush va oltin
amalga oshirgan. Xalqaro munosabatlarga xizmat ko`rsatish uchun
milliy tangalar ingotlarga aylantirilib, quyma shaklida ular jahon
bozoriga chiqdi va u yerdan qayta zarb qilinganidan keyin ichki pul
muomalasiga qaytishdi. Asosiy funksiya universal to`lov vositasi
bo`lib, unda pul to`lov balansini qoplash uchun ishlatilgan, ya’ni,
xalqaro talablar va mamlakat majburiyatlari o`rtasidagi haqiqiy
bog’liqlikni anglatadi. To`lov balansi oltin eksporti va importi
hisobiga tenglashtirildi. Oltin umumiy sotib olish vositasi sifatida
faqat tashqi savdo rivojlanishining dastlabki bosqichlarida ishlatilgan.
XIV asrda allaqachon tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarda veksellardan
keng foydalaniladi. Kredit va xalqaro bank aloqalarining rivojlanishi
bilan oltin faqat o`ta og’ir vaziyatlarda, masalan, tabiiy ofatlar, hosil
yetishmovchiligi va hokazolarda universal sotib olish agenti vazifasini
bajardi.
Boylikning mutlaqo ijtimoiy moddiylashuvi sifatida oltin
boylikni bir mamlakatdan boshqasiga o`tkazish vositasi bo`lib xizmat
31
qilganida ishlagan. Rasmiy oltin zaxiralari ijtimoiy boylikni
moddiylashtirish vazifasini ham bajargan. Hozirgi bosqichda oltin
xalqaro pul aktivi bo`lib xizmat qilsa ham, jahon pullari funksiyasini
bajarmaydi. Jahon pullari funksiyasini quyidagilar amalga oshiradilar:
• yetakchi milliy valyutalar va avvalambor zaxira (asosiy)
valyutalar (AQSH dollari);
• xalqaro va mintaqaviy pul birliklari - xalqaro moliya
institutlari chiqaradigan millatlararo valyutalar (yevro, Markaziy
banklar boshchiligidagi Yevropa Markaziy banklari tizimi tomonidan
chiqarilgan).
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri bilan
uzviy bog’liq va ular bir-birini to`ldiradi. Pulning funksiyalarining
aynan shunday uzviy bog’liqligi va bir-birini to`ldirishi pul
muomalasining barqarorligi va samarasini ta`minlashga sharoit
yaratadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida pulning ahamiyatining
oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar
faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog’liq. Shuning
uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish jarayonida odamlarni
o`ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning
fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab XX asrning boshigacha pul
to`g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop
qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul to`g’risida yozilgan va chop
qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak
mubolag’a bo`lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko`p bo`lishiga
qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi,
roli, iqtisodiyotga ta`siri, nega alohida olingan individumlar qo`lida
pulning ko`payishi, ular boyligining ko`payishiga olib keladiyu,
jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko`payishi jamiyat
boyligi ortib borishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, degan savollarga hali
to`liq javob berilgan emas.
Pulning ahamiyati ko`p qirrali.
• Pul yalpi ichki mahsulotni (YAIM) yaratish, taqsimlash va
qayta taqsimlash jarayonlarida ishtirok etib, ijtimoiy kapitalning
aylanishiga vositachilik qiladi.
• Pul makroiqtisodiy muvozanatning muhim omilidir. Milliy
iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatli o`sishiga erishish pulga
talab va taklifni muvozanatlashtirmasdan imkonsizdir. Bu iqtisodiy
32
o`sish sifatini oshirish, uning yuqori va barqaror sur’atlarini saqlab
qolish uchun zaruriy shart bo`lib xizmat qiladi.
• Pul tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida muhim omil
hisoblanadi.
• Iqtisodiyotni pul bilan tartibga solish uchun pul kredit bilan
birga ishlatilishi mumkin. Milliy pul birligining ichki va tashqi
barqarorligi milliy iqtisodiyotdagi ichki va tashqi makroiqtisodiy
muvozanatning eng muhim shartidir. Shu sababli, milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlash aksariyat mamlakatlarda pul-kredit
siyosatining maqsadi hisoblanadi.
• Pullar tovar narxlarini belgilash, tovarlarni sotishdan
tushadigan mablag’larni ularni ishlab chiqarish xarajatlari bilan
taqqoslash uchun ishlatiladi.
• Pullar mamlakatdagi hisob-kitoblarni baholash uchun zarur
bo`lib, ularsiz statistik va buxgalteriya hisobini yuritish,
korxonalarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini nazorat qilish va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish yo`llarini belgilash mumkin emas.
Iqtisodiy globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotlarning
tashqi omillarga bog’liqligida hamda tashqi iqtisodiy aloqalarda
pulning o`rni ayniqsa katta. Jahon pullari jahon moliyaviy oqimlarini
to`plash va qayta taqsimlash jarayonlarida vositachilik qiladi,
kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga o`tishiga, mamlakatlar
o`rtasidagi tovarlar va xizmatlarning harakatiga xizmat qiladi.
Jahon bozorining milliy iqtisodiyotga ta’sir etish vositalaridan
biri bu milliy valyuta kursidir. Uning darajasi tashqi savdoga, milliy
mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligiga, kapital eksporti
va importiga, pul muomalasi holatiga, inflyatsiya darajasiga, butun
ishlab chiqarish jarayoniga sezilarli ta’sir ko`rsatadi.

Download 36.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling