Pulning paydo bo`lishi, zarurligi va funktsiyalar fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish sabablari. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari


Download 36.87 Kb.
bet4/12
Sana08.05.2023
Hajmi36.87 Kb.
#1444575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PULNING PAYDO MARUZA1

1.3. Pulning funksiyalari.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy
maktab olimlarining qarashlari mavjud:
1. Yevropa maktabi.
2. Amerika maktabi.
Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga
kelgan:
1. Qiymat o`lchovi funksiyasi. Pullar tovarlar va boshqa
tovarlarning narxlarini belgilash orqali ularning qiymati va
foydaliligini (foydalanish qiymatini) ifodalash uchun ishlatiladi. Narx
tovar qiymati va foydaliligini pul ifodasi sifatida ishlaydi. Tovar narxi
o`rtacha qiymatga teng, ammo talab va taklifga qarab u o`zgarib
turadi va ushbu qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin. Barcha
tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo`lgan pulda
o`lchanadi. Pulning o`zi hech qanday narxga ega emas. Ular sotib
olish qobiliyatiga ega, bu ularning ma’lum miqdordagi tovarlar va
xizmatlarga almashtirish qobiliyati sifatida tushuniladi.
Qog’oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga
chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo`lgan
kupyuralar AQSH G’aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi.
AQSHda Moliya vazirligi yo`q. Bu vazifani AQSH G’aznachiligi
bajaradi.
28
Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi.
Kredit pullar bu banknotalar bo`lib, Markaziy banklar tomonidan
muomalaga chiqariladi. O`zbekistonda muomaladagi barcha pul
birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki aktivlari bilan ta`minlanadi.
Qiymatni o`lchash funksiyasi narxlar shkalasi asosida amalga
oshiriladi. Bu har xil narxdagi tovarlar narxlarini taqqoslash uchun
kerak. Narxlar shkalasi bu pulning texnik funksiyasidir, u yordamida
qiymatni o`lchash funksiyasini bajariladi.
1. Muomala vositasi funksiyasining vazifasi pulni mahsulotni
(xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar ayirboshlash
jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatilishini anglatadi. Pul mahsulotni
(xizmatni) naqd pulga sotib olish yoki sotishda tovar aylanishi
jarayonida (T - D - T) vositachi vazifasini bajaradi. Binobarin,
hisoblanadigan (aqlan xayol qilingan) pullar tomonidan amalga
oshiriladigan qiymat o`lchovi funksiyasidan farqli o`laroq, muomala
vositasi vazifasini real pullar bajaradi. Pulni muomala vositasi sifatida
ishlatishning asosiy sharti uning ommaviy tan olinishi hisoblanadi.

Download 36.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling