Pulning paydo bo`lishi, zarurligi va funktsiyalar fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish sabablari. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari


Download 36.87 Kb.
bet1/12
Sana08.05.2023
Hajmi36.87 Kb.
#1444575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PULNING PAYDO MARUZA1


PULNING PAYDO BO`LISHI, ZARURLIGI
VA FUNKTSIYALAR
1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish
sabablari.
2. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. Pulning
mohiyati va uning namoyon bo`lish shakllari.
3. Pulning funksiyalari. Qiymat shakllarining evolyutsiyasi.
Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli.
4. Kredit pullari va ularning turlari
1.1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo`lish
sabablari
Fanning maqsadi – talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul
nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar
va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil
qilish bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning
mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi,
kreditning mohiyati va printsiplari, kreditning shakllari va turlari,
bank tizimining mohiyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil
qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy
bilimlarni o`rgatishdan iborat.
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli
vaqt, miqdor va sifatda ma`lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish
va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.
Fanning predmeti, pulning paydo bo`lish sabablari, pul shakllari
va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo`lish
shakllari, funktsiyalari, Qiymat shakllarining evolyutsiyasi,
Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib
turuvchi o`ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning
turlarini chuqurroq o`rgatadi.
Pulning paydo bo`lish sabablari.
Tarixiy kategoriya sifatida pulning paydo bo`lishi va rivojlanish
jarayonining boshlanishi miloddan avvalgi 7-8 ming yillarga to`g’ri

keladi. Keyinchalik, pulning tabiati ularning bajarish funktsiyalarining


shakli, turlari va usullarida o`zgargan.
Ma`lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning
uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Pul paydo
bo`lishining ob’ektiv zaruriyati tovar ayirboshlash ehtiyojlari bilan
vujudga kelgan hamda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo`lgan. Pul
paydo bo`lishi mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Birinchi yirik
mehnat taqsimoti, ya`ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib
chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo`jaligining rivojlanishi
tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo`lmish pulni keltirib
chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining
ko`payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo
qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o`zaro muloqotda bo`lib,
tovarning egasi o`z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash
jarayoni biror o`lchov birligi bo`lishini taqozo qilgan. Tovar
muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy
ekvivalent shaklini har xil tovarlar o`ynagan. Har bir jamoa o`z
tovarini ekvivalent sifatida o`rtaga qo`ygan. Lekin jamiyat
taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb
e`tirof etgan.
Pulning iste`mol qiymati shuki, u o`z funksiyasini bajarib
iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Pulning
qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish
qobiliyati, ya`ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish
mumkinligi tushuniladi.
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib
chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas,
balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga
bog’liq, narxlar ko`tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va
aksincha.
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng
tushunarli hamda eng murakkabi bo`lib hisoblanadi.
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan
bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi
kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
22
Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek,
«Davlatning salohiyati uning harbiylari yoki zambaraklarining
qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan
belgilanadi. Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki,
korxonaning mavqei unda necha kishini ishlashi, ishlab
chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy
barqarorligi bilan belgilanadi».
Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha
imkoniyatlaridan to`liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha
yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomilasini izdan chiqarib
ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi
bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga
salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Tarixiy manbalarga ko`ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda
Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush
tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’ozdan pul
sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda
kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan. K.Marks,
A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan hoda pulni
vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan
bog’laydi:
1. Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli.
Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga to`g’ri kelib
tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda mahsulot
ayriboshlash uchun ishlab chiqarilmagan, lekin uni ortiqchasi
tasodifiy shaklda ayirboshlangan. Tasodifiy ayirboshlash mehnat
mahsulotining tovarga aylanganligini ifodalaydi. Ayriboshlash
natijasida tovar mahsuloti o`ziga teng qiymatli ekvivalent
mahsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida iste`molni
qondirish birinchi darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash
esa ikkinchi darajali masala sifatida qaralgan. Masalan, 1 bolta =
20 kg don.

Download 36.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling