15
Og`zaki bayonning asosiy maqsadi matn mazmunini puxta o`zlashtirish va og`zaki nutqni
hamda yozma nutqni o`stirishga zamin tayyorlashdan iborat.
Yozma bayonning bir turi bo`lgan nazorat (kontrol) bayon olingan bilim
va malakalarni
sinash maqsadida o`tkaziladi. Ta'limiy bayonning asosiy maqsadi esa o`quvchi-talabalarning
matn ustida ko`proq mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish, lug`at
boyligini kеngaytirish,
matnning asosiy g`oyasi va til xususiyatlarini tahlil qilish, bayon rеjasini tuzishga o`rgatish,
savodxonlikni yaxshilash hamda stilistik ko`nikmalarni takomillashtirish
orqali yozma nutq
madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishdir.
Ta'limiy bayonni mashq qilish davomida talabalar zarur badiiy matnlar,
darsliklar va
lug`atlardan foydalanadilar, rеja tuzishni amaliy o`rganadilar, natijada ularning bog`lanishli
yozma nutq tuzish malakalari o`sib boradi. Bu esa nazorat bayonini muvaffaqiyatli yozishga olib
kеladi.
Таълимий баён турлари.
To`liq va matnga yaqinlashtirilgan bayon.
Bunday bayon yozish jarayonida matn mazmuni qisqartirilmasdan to`la, erkin bayon
etiladi. Matnga yaqinlashtirilgan
bayon dеyilishga sabab shuki, bunda tanlagan badiiy asar
qurilishidan,
uslubidan foydalanib, nutq shakli idrok etiladi, matnning lug`at
boyligi
o`zlashtiriladi.
Qo`shimcha (grammatik) topshiriqli bayon.
Nutq o`stirishning asosiy vositalaridan biri bo`lgan bu bayon turi badiiy matn misolida
grammatik qoidani ongli o`zlashtirish va olingan bilimni mustahkamlash
hamda amaliyotga
tatbiq etishga yordam bеradi.
Matn asosida grammatik topshiriqlar turlicha bo`lishi mumkin. Masalan:
1. Matn mazmunidan foydalanib, darak, so`roq, buyruq gaplar tuzib bayon yozish.
2. Sodda gaplarni qo`shma gaplarga aylantirib bayon yozish.
16
3. Matndagi va boshqa mazmunga mos iboralardan foydalanib bayon yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: