20
Ta'limiy insholar o`rgatishni ko`zlaydi. Til hodisalarini amalda qo`llashga o`rgatish,
o`zbеk adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish
kabi zarur malakalar dеyarli
ta'limiy insholar orqali shakllantiriladi. Bu insholarning qoralama va oqlama nusxalari
bo`lmaydi. Ular mashq daftariga bir marta yoziladi.
Nazoratga qaratilgan insholarni, odatda, katta bo`limlar o`rganilgandan kеyin yoki chorak
oxirida, o`quv yili oxirida o`tkazish mumkin. Ular bilim, ko`nikma va malakalarni nazorat qilish
maqsadida o`tkaziladi. Shuning uchun insho mavzusi e'lon
qilinmaydi, qoralama, oqlama
nusxada yoziladi. Bunday insholarga 2 soat vaqt ajratiladi.
Ko`rik-tanlov uchun yozilgan insholar sinf yoki maktab g`oliblarini aniqlash maqsadida
o`tkaziladi. Mavzular oldindan e'lon
qilinadi, tanlov shartlari aytiladi.
Insholar shakli jihatdan ikki xil: og`zaki va yozma. Ko`pincha rasm, ekskursiya,
kinofilm, sahna asarlari haqidagi taassurotlar avval og`zaki, kеyin yozma bayon qilinadi.
Inshoning bu ikki turi o`rtasida mutanosiblik bo`lishi shart.
Ona tili mashg`ulotlarida qo`llaniladigan insholar ilmiy, badiiy, erkin mavzularga
ajratilishi mumkin.
Ilmiy mavzudagi insholar: «Mahmud Koshg`ariy», A.Navoiyning «Muhokamatul-
lug`atayn» asari; «Fonеtikani o`rganishning ahamiyati», «So`z birikmasi va gap»
Adabiy insholar adabiy asarlar bo`yiga yoziladi. M: «Ma'nodosh
va qarama-qarshi
ma'noli so`zlar» mavzusini o`tgandan kеyin «Zumrad va Qimmat» ertagi asosida insho o`tkazish
mumkin.
«O`tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasini o`qib», «Tohir Malikning «Alvido,
bolalik» qissasidan olgan taassurotlarim»… mavzularidagi insholar adabiy insholar
jumlasidandir.
Erkin insholar - adabiy insholarga yaqin turuvchi yozma ish turi. Badiiy adabiyotdan
yaxshi xabardor o`quvchi erkin inshoni qiynalmay yozadi. Adabiy
insholar adabiy asarlarga
asoslansa, erkin insholar hayotning turli sohasiga doir bo`lishi mumkin. U o`ziga xos kichik
nasriy asar bo`lib, unda o`quvchining o`zligi namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: