Punktuatsiya
PUNKTUATSIYA - FIKRNI YOZMA MUKAMMAL IFODAPASh VOSITASI
Download 22.47 Kb.
|
PUNKTUATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEK TILI PUNKTUATsIYaSINING ASOSIY QOIDALARI Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi 1. Nuqta
PUNKTUATSIYA - FIKRNI YOZMA MUKAMMAL IFODAPASh VOSITASI
Yozuv madaniyatini shakplantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning - tinish belgilarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega. Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv qo‘llanmalarida tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differentsiatsiya (farqlash) tamoyillari asosida belgilanishi ta’kidlanadi. Bunda mantiqiy-grammatik tamoyil nutqning semantik-grammatik tomonini yozuvda to‘g‘ri ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, differentsiatsiya tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo‘lganda, ulardan foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo‘llanishini nutq uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki muayyan bir uslubgagina xoslangan tinish belgisi bo‘lmaydi. Zarurat tug‘ilganda, har qanday uslubda ham xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin. O‘ZBEK TILI PUNKTUATsIYaSINING ASOSIY QOIDALARI Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi 1. Nuqta 1. Tugallangan darak gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Qo‘qon tomon ketyapmiz. Hozirgina bizni kuzatib qolgan bu ajoyib inson to‘grisida o‘ylayapmiz. Uni birinchi marta ko‘rishimiz. Faqat bir soatgina u bilan hamsuhbat bo‘ldik. (S.Ahmad) 2. Darak mazmunidagi gaplar tuzilishi jihatidan qanday bo‘lishidan (sodda, qo‘shma, to‘liqsiz, atov, ilova va sh.k.) qat’i nazar, ularninghar qanday tipi oxiriga nuqta qo‘yiladi: Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. (Cho‘lpon) Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo‘lsa, hammasini shu birgina qizi uchun istar va orzu qilardi. (Cho‘lpon) Qo‘chqor: - Bolalaring qani? Qumri: - Maktabda. Undan chiqib, to‘gri shu yoqqa kelishadi. (Sh.Boshbekov) Shavkatning xonasi. Karavotda Binafsha pishillab uxlab yotibdi. (Sh.Boshbekov) Jalil aka deraza tagida yotardi. To‘shakda. Bolishi baland. (Sh.Xolmirzaev) Download 22.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling