Punktuatsiya
Download 22.47 Kb.
|
PUNKTUATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Qoshtirnoq
5. Qavs
1. Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan izoh, ma'lumotni ifodalaydigan kiritma so‘z yoki birikma qavsga olinadi: Uni birinchi marta To‘la aka (T.Xo‘jayev)ning repetitsiyasida ko'rganman. (A.Meliboyev) Gulya Lagutina ichkarigi xonada o'ziga o'xshashib ketadigan (yo armani, yo ozari) birayol bilan achomlashibcho'lpillashib, pichir-pichir qila boshladi. (E.A’zam) Bunga kaminaning qulog'ida va tevaragida kuchaygan (botiniy va zohiriy) shovqin ham sabab bo‘ldi-yov. (E.A’zam) Farhodning taxminicha, kinoga bevosita daxldor birikkitasini aytmasa, davradagilarning aksariyati (kelibketuvchilarini ham qo'shganda) anchayin san'at atrofida o'ralashib yuradigan, ammo o‘zini uncha-munchadan kam sanamaydigan omadsizroq bir toifa edi. (E.A’zam) Bordi-yu, hushyorlik qilinmaganida, qora bozorga kamida 50 ming so'mlik (o'sha yillarning bahosida) zahri qotil mahsulot chiqib ketgan bo'iar edi. (A.Meliboyev) Jarohat o'rniga qov (kuydirilgan paxta) qo'ydi. (G‘.G‘ulom) 2. Gap ichida asosiy fikrga qo'shimcha sifatida beriladigan ma'lumotni ifodalagan kiritma gap qavsga olinadi: 0 ‘sar Hojarga uylangach (uylanganigayam yigirma yildan oshdi), ana shu eski uychaga taqab bir dahliz va bir mehmonxona-yotoqdan iborat boshpana qurib olgan edi. (Sh.Xolmirzayev) Ota ishongan odamlar (ular orasida Sarkor ham bor) quvg'unga tushmasa hali! (O.Yoqubov) Matluba indamay park darvozasiga tomon yo'naidi. Samigjon parkdan chiqishi bilanoq besh panjasini ko‘rsatib 6. Qo'shtirnoq 1. Har biri alohida abzas ko'rinishida yangi qatordan emas, balki ketma-ket bir qatorda berilgan dialog replikalari shaklidagi ko'chirma gap qo'shtirnoqqa olinadi («Ko'chirma gapli qo'shma gaplarda tinish belgilari» deb nomlangan qismda bu haqda batafsil aytiladi). 2. Turli manbalardan olingan iqtiboslar qo'shtirnoq ichida beriladi: Navoiy umrining oxirlarida yaratgan «Mahbubul-qulub» asarida yozadi: «Yaxshi-yamonning fe'lini bilibmen va yamon-u yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen». (N.Komilov) «Odami ersang, demagil odami Onikim, yo'q xalq g'amidin g'ami». (Alisher Navoiy) Cho'lpon shunday deb hayqirgan edi: «...Kishan kiyma, Bo'yin egma Ki, sen ham hur tug'ilg'onsen!» Yunonlarning Lukian degan yozuvchisi o'tgan. Eramizdan avval. Uning «Vatan sha'niga» degan asari bor. Undagi birinchi jumla shunday ekan: « 0 ‘z ona-otasini sevmagan farzand o'zga ota-onalami hurmat qila bilmaydi. Va o‘z vatanini sevmagan kishi o'zgalar vatanini hurmat qila olmaydi!» (Sh.Xolmirzayev) 3. Ichki nutq shaklidagi birliklar (o‘y-xayol, mulohaza, tasavvur kabi) qo'shtirnoqqa olinadi: Shavkat sekin oynasi darz ketgan suratga termilib qarar ekan, xayolidan ushbu o'ylaro'tdi: «Qiynalib ketdim, Surayyo... Sen bo'lganingda, bu ko'rgiliklar yo‘q edi... 0 ‘zing hammasini eplarding...» (Sh.Boshbekov) Download 22.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling