Punktuatsiya
Download 22.47 Kb.
|
PUNKTUATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Undov belgisi
- 4. Ko‘pnuqta
2. So‘roq belgisi
1. So‘roq mazmunidagi gaplar oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Hay, nima bu hammayoq jimjit bo‘lib qoldi? Zebinisaxon qanilar? Saltanatxon, aylanay, o‘rtoqjoningizni topmaysizmi? (Cho‘lpon) Odamlar ko‘ngliga Sen ham bitta nihol ekdingmi? Bahra ololdimi bir zot yuragi? Biror qalb g‘uborin yuva oldingmi? Sen ham o‘z she’rlaring zamiridagi Sho‘r suvlarni quva oldingmi? (E.Vohidov) 2. So‘roq mazmunidagi gaplar qanday vositalar yordamida shakllangan bo‘lishidan (so‘roq olmoshlari, so‘roq-taajjub yuklamalari, so‘roq intonatsiyasi va sh.k.) qat’i nazar, ularning har qanday ko‘rinishi oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sizlar amal talashgan chogda Kim turg‘izar burchakka sizni? (E.Vohidov) Janob Pakavira, Hindistonga qachon kelgansiz? Uch yil? Uch yildan buyon qaerda istiqomat qilmoqdasiz? (P.Qodirov) - Xo‘p, Binafsha. Familiyasi? - A?.. Kimni?.. - O’zingizning bolangizmi, axir? (Sh.Boshbekov) Yo‘q, familiyangiz? Qurbonov? Aha, yaxshi, yaxshi! Sogliq qalay, o‘rtoq Qurbonov? Otday bo‘lib yuribsizmi? (T.Murod) Ichingda armonlaring bordir, axir? (S.Ahmad) 3. Undov belgisi 1. Undov gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Buni qarang, unashtirishni to‘y deb yursa-ya! Qo‘ying, domlasi, hozir unashtirishdan ham aynidim! Vaqtsoati etganda bo‘lar! Vaqt-soati etganda, kuyovni o‘zingiz topasiz! To‘yga o‘zingiz bosh bo‘lasiz! (A.Qahhor) 2. Tarkibida emotsionallikni kuchaytiradigan qanday, qanchalik, qanaqa, naqadar, muncha, bunchalik kabi so‘zlar mavjud bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Yashash qanday yaxshi, tagin shunday katta, go‘zal shaharda! (O’.Umarbekov) Qara, u qanday yaxshi yigit! (O’.Umarbekov) Hayot! U naqadar murakkab ea naqadar ulug! (O’.Umarbekov) Bu yo‘l naqadar ulug, sehrli ea muqaddasdir! (U.Hamdam) Chand bibi Humoyunga tegmasdan oldin qanchalik sho‘x ea quvnoq edi! (P.Qodirov) Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! (Cho‘lpon) Ohanrabongiz bunchalik zo‘r bo‘lmasa! (E.A’zam) 3. Emotsionallik darajasi kuchli bo‘lgan ritorik so‘roq gaplar oxiriga ba’zan undov belgisi qo‘yiladi: Ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi! (A.Qahhor) 4. Ko‘pnuqta 1. Mazmunan tugallanmagan darak gaplar oxiriga ko‘pnuqta qo‘yiladi: To‘yni kelasi yil qilsak qilarmiz... (A.Qahhor) Poyezdga bilet olib qo‘ygan bo‘lsak, poyezd uch soatdan keyin ketsa... (A.Qahhor) Bo‘lmasa, kunda nima ayb, xudoning hamishagidek karami keng birkuni... (A. A'zam) 2. Gapdagi turli uzilishlarni ko‘rsatish uchun ko‘pnuqta qo‘yiladi: Hay-hay, ukam, shundoq baobro‘ odam sizni ko‘rgani kelsa-yu, siz xursand bo‘lish o‘rniga... (A. A'zam) 3. Gap muallifining o‘ylanib qolish, ikkilanish, hayajonlanish kabi holatlarini ko‘rsatish uchun ko‘pnuqta qo‘yiladi: 0 ‘zing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab yotganida, sen suv sepib, uoChka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga. (0 ‘.Hoshimov) Mayli, chavgonni... ertaga peshindan so‘ng tamosho qilg‘aymiz. (P.Qodirov) Hazratim, ijozat bering, - dedi. - Men qizni... ko‘rib, rizoliginiolmaguncha... kimliginiaytmay turay. (P.Qodirov) Download 22.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling