Python dasturlash tilida imloviy tahrir qilish dasturlari haqida


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1352390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xudayberganov-n.u.-python-dasturlash-tilida-imloviy-tahrir-qilish-dasturlari-haqida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
359 
aspektli muammoni semantik maydon, freym yondashuv, tezauruslar tizimini 
boyitish, soʻz va soʻz birikmalari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar 
(sinonimiya, gipo-giperonimik-tur-jins munosabati) ni modellashtirishga 
tatbiq etish asosida hal etish mumkin. Chunki inson bunday assotsiativ 
munosabatlarni o‘z intellektiga tayanib oʻrnata oladi, biroq bu jarayon 
kompyuter uchun murakkabdir[4]. 
Morfologik tahrir tarkibiga kiradigan Orfografik tahrir va tahlil modelini 
python dasturlash tilida qanaqa yaratilishi va dastur kodini qisqa misollar yordamida 
koʻrib chiqsak.
Noisy channel model (Soʻzlarning oʻxshashligi ehtimolligini tekshiruvchi 
model) idan foydalanib python dasturlash tilida, imloviy xatolarni tuzatish 
nazariyasini yaratish mumkin. 
NLPda imloviy xatoliklarni tuzatish. Natural language correction – matndagi 
xatoliklarni tuzatish. Masalan, quyidagi gapni koʻramiz: 
I likes dirnk
 
to some a tea 
Berilgan misolimizda 3 ta xato mavjud.
1. (subject-verb) ega – kesim xatoligi (I likes – I like
2. Artikl xatolik (a tea – tea
3. Notoʻgʻri yozilgan soʻz (dirnk – drink
Ushbu xatolarni hisobga olgan holda, tabiiy tilni tuzatishni 2 ta asosiy 
muammosi aniqlash mumkin. 
1. Imlo tekshirish (imloviy xatolarni tuzatish) 
2. Grammatik tekshirish (grammatik xatolarni tuzatish) 
❖ Imlo tekshiruvi asosan notoʻgʻri yozilgan soʻzlarni aniqlab, mazkur so‘zning
imloviy toʻgʻri mutanosibini taklif qilishi zarur. 
❖ Grammatik tekshirish matndagi grammatik xatolarni aniqlash va tuzatishga 
harakat qiladi. 
Taqqoslash uchun, grammatik tekshirish vazifasi sezilarli darajada qiyinroq, 
chunki unda notoʻgʻri soʻzlar, fe’l zamon xatolari yoki yuqorida berilgan 
misoldagidek xatolarni oʻz ichiga olishi mumkin. 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling