Python dasturlash tilida imloviy tahrir qilish dasturlari haqida
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
xudayberganov-n.u.-python-dasturlash-tilida-imloviy-tahrir-qilish-dasturlari-haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imloni tekshirish tizimi (spell-cheker ingl. spell checker)
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Vol. 1 №. 01 (2022) http://compling.navoiy-uni.uz/ 358 6. Kompyuterda inglizcha-o‘zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish. 7. Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish. Matnlarning avtomatik tahrir va tahlil qilish jarayonlari quyidagilardan iborat: 1. Grafematik tahrir 2. Morfologik tahrir 3. Sintaktik tahrir 4. Semantik tahrir 5. Pragmatik tahrir Matnlarni tahrir qilish 2 xil usulda amalga oshiriladi. Bular: • Inson tomonidan amalga oshiriladigan tahrir (bevosita tahrir – muharrirlik ishi). • Zamonaviy axborot texnika vositalar yordamida amalga oshiriladigan tahrir (bilvosita avtomatik tahrir). Imloni tekshirish tizimi (spell-cheker ingl. spell checker) – kompyuter dasturi bo‘lib, kiritilgan matnning orfografik tahririni amalga oshiradi. Aniqlangan imlo xatolari maxsus belgilanadi, ya’ni xato yozilgan leksema tagiga chiziladi. Ko‘p hollarda matn teruvchiga imloviy xatolarga ishora qilishdan tashqari dastur maxsus eslatmasi sifatida so‘zning to‘g‘ri yozilish variantlarini ham taklif qiladi. Shuningdek, matnga qanday tuzatish kiritish mumkinligiga izohlar ham beriladi[2]. Matnlarni avtomatik tahlil qiluvchi dasturlar lingvistik modullarining yaratilishi mukammal dasturlar ishlab chiqilishiga zamin yaratadi, bu esa o‘zbek adabiy tilidagi matnlarning savodli tayyorlanishiga xizmat qiladi[3]. Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim: 1. Orfografiyani tekshirish – bu vazifa morfologik tahlil yordamida amalga oshiriladi, bunda etalon lugʻatdagi baza asosida tekshiriladi. 2. Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan koʻra murakkabroq. Chunki orfografiyani tekshiruvchi dasturlar yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yoʻq. Rasmiy matnlarning avtomatik tahriri bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan. 3. Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga asoslangan sun’iy intellekt tizimi bilan bogʻliq ravishda oʻrganilmoqda. Bunda mazkur koʻp |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling