Python dasturlash tilida imloviy tahrir qilish dasturlari haqida


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1352390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xudayberganov-n.u.-python-dasturlash-tilida-imloviy-tahrir-qilish-dasturlari-haqida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
358 
6. 
Kompyuterda inglizcha-o‘zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish.
7. 
Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish.
Matnlarning avtomatik tahrir va tahlil qilish jarayonlari quyidagilardan iborat: 
1. Grafematik tahrir 
2. Morfologik tahrir 
3. Sintaktik tahrir 
4. Semantik tahrir 
5. Pragmatik tahrir 
Matnlarni tahrir qilish 2 xil usulda amalga oshiriladi. Bular: 
• Inson tomonidan amalga oshiriladigan tahrir (bevosita tahrir – muharrirlik 
ishi). 
• Zamonaviy axborot texnika vositalar yordamida amalga oshiriladigan tahrir 
(bilvosita avtomatik tahrir). 
Imloni tekshirish tizimi (spell-cheker ingl. spell checker) kompyuter 
dasturi bo‘lib, kiritilgan matnning orfografik tahririni amalga oshiradi. Aniqlangan 
imlo xatolari maxsus belgilanadi, ya’ni xato yozilgan leksema tagiga chiziladi. Ko‘p 
hollarda matn teruvchiga imloviy xatolarga ishora qilishdan tashqari dastur maxsus 
eslatmasi sifatida so‘zning to‘g‘ri yozilish variantlarini ham taklif qiladi. 
Shuningdek, matnga qanday tuzatish kiritish mumkinligiga izohlar ham beriladi[2]. 
Matnlarni avtomatik tahlil qiluvchi dasturlar lingvistik modullarining 
yaratilishi mukammal dasturlar ishlab chiqilishiga zamin yaratadi, bu esa 
o‘zbek 
adabiy tilidagi matnlarning savodli tayyorlanishiga xizmat qiladi[3].
Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim: 
1. Orfografiyani tekshirish – bu vazifa morfologik tahlil yordamida amalga 
oshiriladi, bunda etalon lugʻatdagi baza asosida tekshiriladi. 
2. Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan koʻra murakkabroq. Chunki 
orfografiyani tekshiruvchi dasturlar yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning 
sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yoʻq. 
Rasmiy matnlarning avtomatik tahriri bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan. 
3. Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga asoslangan sun’iy 
intellekt tizimi bilan bogʻliq ravishda oʻrganilmoqda. Bunda mazkur koʻp 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling