Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1798710
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
to\'garak kanspekt



Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar 
O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling: 

O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak 

O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas 

O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va 
pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin 

O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas 

O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va 
Ism uchta turli o'zgaruvchi) 


O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.


O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki 
chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Narzullaev") 


O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea" 
emas davlat = "Korea" va hokazo) 


Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus 
kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish uchun Spyder 
konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa keywords 
deb kiritib, yana Enter bosing. Marhamat, ekraningizda Pythondagi maxsus kalit so'zlar 
ro'yhatini ko'ryapsiz: 
AMALIYOT 
Quyidagi mashqlarni bajaring: 

"Hello World!" matnini yangi o'zgaruvchiga yuklang va print() 
yordamida konsolga chiqaring 

xabar deb nomlangan o'zgaruvchiga biror matn yuklang va konsolga 
chiqaring, keyin esa o'zgaruvchiga yangi qiymat berib uni ham konsolga chiqaring. 

class den nomlangan o'zgaruvchi yarating, unga biror qiymat bering va 
konsolga chiqaring (siz kutgan natija chiqdimi?) 
 



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling