Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling
tashlab o'tish uchun mo'ljallangan
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
to\'garak kanspekt
tashlab o'tish uchun mo'ljallangan.
AMALIYOT Muzeyga chipta narhi foydalanuvchining yoshiga bog'liq: 7 dan yoshlarga - 2000 so'm, 7-18 gacha 3000 so'm, 18-65 gacha 10000 so'm, 65 dan kattalarga bepul. Shunday while tsikl yozingki, dastur foydalanuvchi yoshini so'rasin va chipta narhini chiqarsin. Foydalanuvchi exit yoki quit deb yozganda dastur to'xtasin (ikkita shartni ham tekshiring). While Ro‘yxatlar va lug‘atlar Quyidagi dasturga e'tibor bering, avval ismlar degan bo'sh ro'yxat yaratib oldik. Keyin esa while tsikli yordamida foydalanuvchidan ro'yxatga ism qo'shishni so'raymiz. So'ngra foydalanuvchidan yana ism qo'shmoqchi yoki yo'q ekanin so'raymiz va foydalanuvchining javobiga ko'ra yoki while ni boshiga qaytamiz, yoki tsiklni to'xtatamiz. ismlar = [] print("Yaqin do'stlaringiz ro'yxatini tuzamiz.") n=1 # ismlarni sanash uchun o'zgaruvchi while True: savol = f"{n}-do'stingiz ismini kiriting:" ism = input(savol) ismlar.append(ism) javob = input("Yana ism qo'shasizmi? (ha/yo'q)") if javob =='ha': n+=1 continue else: break AMALIYOT e-bozor uchun mahsulotlar va ularning narhlari lug'atini shakllantiruvchi dastur yozing. Foydalanuvchidan lug'atga bir nechta elementlar (mahsulot va uning narhi) kiritishni so'rang. Yuqoridagi ikki dasturni jamlaymiz. Foydalanuvchi buyurtmasi ro'yxatidagi har bir mahsulotni e-bozordagi mahsulotlar bilan solishitiring (tayyor ro'yxat ishlatishingiz mumkin). Agar mahsuot e-bozorda mavjud bo'lsa mahuslot narhini chiqaring, aks holda "Bizda bu mahsulot yo'q" degan xabarni kor'sating. Funksiyalar. Qiymat qaytaruvchi funksiya. Funksiya ma'lum bir vazifani bajarishga mo'ljallangan kodlar yig'indisi. Funksiyalar turlicha bo'ladi, ba'zi funksiyalar sizdan qiymat qabul qilib, konsolga biror ma'umot chiqaradi, ba'zilari esa sizdan qabul qilgan qiymat ustida turli amallar bajarib yangi qiymat qaytaradi. Foydalanuvchidan mutlaqo qiymat qabul qilmaydigan funksiyalar ham mavjud. def salom_ber(): """Salom beruvchi funksiya""" print("Assalomu alaykum!") Kodni qatroma-qator tahlil qilaylik: 1.Avvalo def operatori yordamida Pythonga funksiya yaratayotganimizni bildirdik. def dan so'ng esa funksiyamizga nom berdik va qavslarni ochib, yopdik. Bizning funksiyamiz foydalanuvchidan hech qanday qiymat qabul qilmaydi, shuning uchun ham qavs ichi bo'sh. Keyingi misollarda foydalanuvchidan qiymat qabul qiluvchi funksiyalarni ham ko'ramiz. 2.def qatoridan keyin o'ngga surib yozilgan har qanday kod funksiyaning badani hisoblanadi. 2-qatorda biz uchta ketma-ket qo'shtirnoq ichida funksiya haqida ma'lumot berdik. Python mana shu ma'lumotni o'qib, dasturchi funksiya haqida bilmoqchi bo'lganda aynan shu matnni ko'rsatadi. 3.Oxirgi qatorimizda esa "Assalomu alaykum!" matnini konsolga chiqarishni buyurdik. Bizning sodda funksiyamizning asosiy vazifasi ham shu. Funksiyaga nom berishda fe'l, ya'ni harakatni bildiruvchi so'zlar yoki jumlalardan foydalaning. Bu bilan siz o'zgaruvchi va funksiya o'rtasini farqlashingiz oson bo'ladi. Misol uchun, yuqorida biz funksiyamizni salom emas salom_ber deb nomladik. AMALIYOT 1.Foydanaluvchidan ismi, familiyasi, tug'ilgan yili, tug'ilgan joyi, email manzili va telefon raqamini qabul qilib, lug'at ko'rinishida qaytaruvchi funksiya yozing. Lug'atda foydalanuvchu yoshi ham bo'lsin. Ba'zi argumentlarni kiritishni ixtiyoriy qiling (masalan, tel.raqam, el.manzil) Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling