Python dasturlash tilida o‘zgaruvchilar O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling
Lug`at va lug`at elementlari bilan ishlash
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
to\'garak kanspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- YANGI JUFTLIK QOSHISH
- BOSH LUGAT
Lug`at va lug`at elementlari bilan ishlash Xuddi oddiy lug'atlardagi ka'bi Python lug'atidagi ma'lumotlar ham ikki qismdan iborat bo'ladi: kalit so'z va qiymat (ingliz tilida key-value pair yoki kalit so'z-qiymat juftligi deyiladi) Lug'atdagi qiymatlar son (int, float), matn (string), ro'yxat (list, tuple) va hatto boshqa lug'at ham bo'lishi mumkin. talaba_0 = {'ism':'murod olimov','yosh':20,'t_yil':2000} print(f"{talaba_0['ism'].title()},\ {talaba_0['t_yil']}-yilda tu'gilgan,\ {talaba_0['yosh']} yoshda") Natija: Murod Olimov, 2000-yilda tu'gilgan, 20 yoshda YANGI JUFTLIK QO'SHISH Lug'aga yangi kalit so'z va qiymatlar qo'shishimiz ham mumkin. Keling, yuqoridagi talaba_0 nomli lu'gatga yana 2 ta yangi, kurs va fakultet nomli, kalit so'zlar va qiymatlar qo'shamiz: talaba_0['kurs'] = 4 # yangi, 'kurs' nomli kalit so'zga 4 qiymatini yuklaymiz talaba_0['fakultet'] = 'informatika' # 'fakultet' ga esa 'informatika' BO'SH LUG'AT Ba'zida dastur boshida bo'sh lug'at yaratib, dastur davomida lug'atga yangi ma'lumotlar kiritib borish talab qilinishi mumkin. Bundah holatda bo'sh lug'at quyidagicha yaratiladi: talaba_1 = {} Dastur davomida esa lug'atga qiymatlar kiritib borilishi mumkin Biz kelgusi darslarimizda Pythondagi xatolarni dastur bajarilishi jarayonida "tutib olishni" o'rganamiz. Hozircha esa get() metodi yordamida lug'atga murojat qilish va mavjud bolmagan kalitning o'rniga biror xabar qaytarishni ko'raylik. phone = telefonlar.get('hasan','Bunday ism mavjud emas') Yuqorida, lug'at nomidan so'ng .get() metodini yozdik, va argumentlar sifatida kalit so'z ('hasan') va kalit mavjud bo'lmaganda chiqadigan xabarni yozdik ('Bunday ism mavjud emas'). AMALIYOT otam (onam, akam, ukam, va hokazo) degan lug'at yarating va lug'atga shu inson haqida kamida 3 ta m'alumot kiriting (ismi, tu'gilgan yili, shahri, manzili va hokazo). Lug'atdagi ma'lumotni matn shaklida konsolga chiqaring :Otamning ismi Mavlutdin, 1954-yilda, Samarqand viloyatida tug'ilgan Oila a'zolaringizning sevimli taomlari lug'atini tuzing. Lug'atda kamida 5 ta ism-taom jufltigi bo'lsin. Kamida uch kishining sevimli taomini konsolga chiqaring: Alining sevimli taomi osh Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling