Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Vazifalar
1-vazifa. Quyida keltirilgan prokariot organizmlami (bakteriyalarni) chizmasini daftaringizga chizib oling. Keyin, prokariot strukturasining sxemasida ko‘rsatilmay qoldirilgan strukturalarni kiriting. Siz kiritgan strukturalarga qo‘shimcha belgilar qo‘yib chiqing. Prokariot va eukariot hujayralami bir-birlari bilan taqqoslab chiqing. Ular orasidagi asosiy farqni ko‘rsatib bering. Eukariot hujayraning qaysi organoidi, tuzilishi bo‘yicha butun prokariot hujayrani eslatadi? Oxirgi taqqoslash asosida Siz qanday evolutsion xulosaga kela olasiz? 2-vazifa. Quyida keltirilgan rasmda xivchinlami joylanishini 4 tipi aks ettirilgan (А, В, C, D). Ularni har birini daftaringizga chizib chiqing. Bakteriyalarni harakatga kelishiga sabab bo‘lgan xivchinlami «urilishi» mexanizmini tushuntirib bering. 169 3-vazifa. Quyida keltirilgan rasmda aks ettirilgan tirik organizmlami tiplarini aniqlang (A, B, D), daftaringizga barcha uch tipga mansub hujayralami chizib chiqing. Ushbu hujayralarda Sizga m a’lum bo‘lgan organoidlami belgilab chiqing. Har bir tip hujayrani tuzilishidagi farqni izohlang. Bu belgilardan qaysilari hujayrani har bir tipini aniqlashda ishlatishni taklif qilgan bo‘lar edingiz. 4-vazifa. Quyidagi rasmda o‘ta xavfli «supermikrob» aks ettirilgan. Nima uchun u shunday nom olgan? «Supermikrob»ni asli nomi nima? «Supermikrob»ni o'rganish asosida olimlar qanday foyda topganini tushuntirib bering. «Supermikrob»ni sirtqi oqsili qaysi nanotexno- logiyalarda ishlatilmoqda? Kelgusida «supermikrob»ni xususiyatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘zingizning takliflaringizni yozib chiqing. 170 5-vazifa. Daftaringizga ikki virusni (A va B) tuzilish sxemasini chizib chiqing. 6.5-bo‘limda keltirilgan matn materiallaridan foydalanib, sxemada raqamlar bilan belgilangan virus qismlarini (strukturalarini) nomlarini yozib chiqing. Ikki virus orasidagi farqni ko‘rsating. Nima uchun viruslar tirik va tirik bo‘lmagan tabiat orasidagi «oraliq ko‘prik» deb nom olganligini tushuntirib bering. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling