Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Nanobo‘lakchalarni xavfsizligi ularni
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Nanobo‘lakchalarni xavfsizligi ularni aniq bir o‘lchamiga
bog‘liqmi? Bu savolga javob topish barobarida, nanomateriallami toksinlik xususiyati, ulami o‘lchami bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanligi aniqlangan: Nanomaterialni o‘lchami qancha kichik boMsa, uni solishtirma maydoni shuncha katta bo‘ladi va uning toksinlik xususiyati shuncha ko‘p bo‘ladi. Masalan, oltinni o‘lchami 0,8 nm ga teng boMgan nanobo4 lakchalari, laboratoriya hayvonlarining embrionlari uchun 1,5 nm lik nanobo4 lakchalardan ko‘ra ko‘proq toksinlikka ega ekanligi aniqlangan. Ammo har ikkala bo‘lakchalarni xunuklik va organizmni rivojlanishida boshqa 0 ‘zgarishlar chaqirish xususiyati bir xil ekanligi ham aniqlangan. 0 ‘lchami 5-50 nm boMgan kumushni nanobo4lakchalari, nafaqat bakteriyalarga, balki laboratoriya kalamushlarini jigar hujayralariga ham qattiq ta’sir ko'rsatadi (ya’ni ularni nobud qiladi). Uning toksinlik xususiyati, mitoxondriyalarning funksiyasini buzilishi va hujayra membranalarini o'tkazuvchanligini ko'payishi bilan bog‘liq. Ammo laboratoriya kalamushlariga kumushni 1,73.104-1,23 x 106 bo‘lakcha/sm3 konsentratsiyasi bilan 28 kun davomida ingalatsion ta’sir qilinganda, ulami ogMrligiga va periferik qonni biokimyoviy ko‘rsatgichlarida deyarli o‘zgarishlar chaqirmaganligi ham aniqlangan. Bu amerika konferensiyasi (FCGIH) talablariga mos keladi. Bu konfe- rensiya kumush nanobo* lakchalarini havo tarkibida ruxsat etiladigan konsentratsiyasi - 2,16 x 106 bo‘lakcha/sm3 qilib belgilagan. Kadmiy, xrom, mis, nikel va ruxlaming nanobo‘lakchalarini toksin- ligini o ‘rganish, Dafniyni suvli kulturalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar mis va rux bir-biriga o‘xshash toksinlik ko‘rsatishini va bu xususiyat nordon sharoitda kuchayishini namoyish qilgan. Bunda, muhitga natriy tiosulfat qo'shilganda mis nanoboMakchalarini toksinlik ta’siri kamaygan. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling