Nanobo‘lakchalar qonga yoki boshqa biologik suyuqlikka
tushganidan keyin ularda qanday holatlar kechadi?
Qon, limfa, oshqozon shirasi yoki har qanday boshqa suyuqlikka
tushgan nanobo*lakchalar o ‘ziga xos bo‘lgan «toj» bilan o4raladi. «Toj»
(«korona») - biologik suyuqlikdagi oqsil bo‘lib, u nanoboiakchalarni
o‘rab oladi, ya’ni ularni sirtiga adsorbsiya bo‘lib yopishib oladi. 0 ‘zaro
ta’sir natijasida oqsillami o‘zi ham o‘zgaradi. Nanobo‘lakchalami o‘rab
olgan oqsil molekulalari modifikatsiyaga uchrashi mumkin (109-rasm).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «toj» ni
shakllanish jarayoni tirik
organizmga tushgan nanobo'lakchalami (nanog‘ovakchalar, temir diok-
sidining zarrachalari, polimemi nanogranulalari, liposomalar) «oldingi
tarixiga», ya’ni kelib chiqishiga bog'liq.
Nanoboiakcha organizmga
kirib kelguncha o‘zida adsorbsiyalangan molekulalar saqlasbi mumkin.
Bunday molekulalar: ishlab chiqarish jarayonini qoldiqlari, atmosfera
gazlari, nanobo4lakchalami eritmalarini tayyorlash uchun ishlatiladigan
emulsiyalami stabilizator lari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
«Toj» hosil qiluvchi
asosiy oqsillar - albumin, immunoglobulinlar,
fibrinogen va lipoproteinlardir. Nanobo‘lakchalami bu oqsillar bilan
qoplanishi keng ma’noda uni keyingi hayotini belgilaydi. Nano-
bo‘lakchalami to‘qima va
organlar orasida taqsimlanishi, organizmdan
chiqib ketish tezligi, membrana retseptorlari ishtirokida hujayrada
yutilishi
kabi jarayonlar, aynan nanobo4lakchalami qoplab olgan oqsilni
xususiyatlariga bog‘liq.
Oqsillar va boshqa organik moddalar ZnO, CdSe, temir va aluminiy
oksidlari kabi nanobo4lakchalami eruvchanligini oshiradi. 0 4z navbatida
nanobo4lakchalar oqsil molekulasiga ham ta’sir ko4rsatishi mumkin: ular
agregatsiya
chaqiradi, yon zanjirlarini oksidlaydi, fermentativ faollikni
pasaytiradi, uchlamchi strukturani o‘zgartiradi. Mana shulami o‘zi
nanobo4lakchalar bilan ishlaganda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Labora
toriya sharoitida o4tkazilgan tajribada seziy oksidining nano-
bo‘lakchalari p2 mikroglobulindan fibrillalar (mikrotola)
hosil qilgan-
liklari kuzatilgan. Bu esa, ma’lum sharoitda bunga o4xshagan jarayonlar
odam organizmida ham sodir bo4lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan,
agar miyada bunday jarayon sodir bo4lsa, Alsgeymer kasalligini
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: