Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
-rasm. Implantlarga misollar: A- dental (tish) implantati. B- suyak
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
134-rasm. Implantlarga misollar: A- dental (tish) implantati. B- suyak
implantati (umurtqapog'onasini ulab qo ‘yadigan vint). Ular biomateriallardan tayyorlanadi. Bunday materiallar maxsus tanlanib, ular organizmni to‘qima va hujayralarida yashab keta olishlari shart. Biomateriallarga qo‘yiladigan talablar: - biomateriallar tirik organizmga o‘ta mos kelishi kerak; - yuqori darajada mexanik xarakteristikaga (ko‘proq har bir holat uchun maxsus, qattiqlik, tortilish (cho‘zilish) yoki tortilmaslik, elastiklik, umumiy mustahkamlik, uzoq vaqt foydalanishga chidamlilik kabi xususiyatlarga) ega bo‘lishi kerak. Implantat tayyorlanadigan materiallar tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin. Metall, sopol, sintetik va tabiiy polimerlar shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda metallardan yasalgan implantat kengroq ishlatilmoqda. Biokimyoviy mosligi bo‘yicha (to‘qimalarda shamollash reaksiyasini yo‘qligi) metalldan tayyorlanadigan materiallar 3 guruhga ajratilgan: • «tirik» (Ti va uning qotishmalari, sirkoniy Zr, niobiy Nb, tantal Та, platina Pt) atrofidagi biologik to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsat- maydigan; 241 • «inkapsulanadigan» (Al, Fe, Mo, Ag, Au, zanglamaydigan po‘lat va CoCr qotishmasi), ularni ta’siridan organizm «kapsula» hosil qilib himoyalanadi; • «toksinli» (Co, Ni, Cu, vanadiy V) organizmga keskin negativ ta’sirga ega bo‘lgan. Ko‘rsatilgan materiallar orasida eng mustahkam xarakteristikaga ega bo‘lgani - po‘ fat. Ammo, po‘lat mos kelish talablariga javob bera olmaydi. Legirlangan po'latdan, shu jumladan, korroziyaga chidamli bo‘lgan po'latdan tayyorlangan implantatlar biologik suyuqliklar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishganda, to‘qimalarda shamollash reaksiya- larini chaqiradi. Ba’zi hollarda, ular organizmga umumiy va allergik ta’sir ham ko'rsatadi. Zamonaviy metallik biomateriallar orasida yetakchi o‘rinni titan va uni asosida tayyorlanadigan qotishmalar egallaydi. Bu metall har xil protezlar: tos suyagi, son suyagi bilan tutashgan bo‘g‘ini, tizza, jag ‘ suyaklarini o‘miga qo‘yadigan yoki suyakni bitishini yengillashtiradigan plastin va maxsus shakllar, vintlar tayyorlashda ishlatiladi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling