Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
-rasm. Tomir ichidagi implantat (stent)
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
136-rasm. Tomir ichidagi implantat (stent).
244 Bugungi kunda shikastlangan organlami tiklash nafaqat zamonaviy tibbiyotni, balki biologlar, texnika fanlari vakillarini ham diqqatini o‘ziga tortgan dolzarb muammoga aylangan. Mana shu yo‘nalishlami birlashishi natijasida butunlay yangi tarmoqlararo yo‘nalish - to‘qima injenerligi shakllandi. To‘qima injenerligini vazifasi - biologik to‘qimalarning kompo- nentlarini konstruksiya qiiish va uiarni tirik organizmga implan tatsiya qilishdan iborat To‘qima implantlarini tayyorlash texnologiyasi quyidagilami o‘z ichiga oladi: 1. Dastlabki hujayra materialini tayyorlash. Buning uchun patsientni (kasaldan) tiklanishi lozim bo‘lgan to'qimasidan hujayra olinadi. Ko'proq ixtisoslashmagan (o‘zak, stvol) hujayra olinadi, chunki ular sun’iy muhitda boshqalardan ko‘ra yaxshiroq ko‘payadi. 2. Patsient hujayrasini o‘stirish uchun biologik mos kelaoladigan konstruksiya (matrikslar) tayyorlash. 3. Laboratoriya sharoitida to‘qimalami shakllantirish (in vitro). 0 ‘zak hujayralar maxsus muhitga solinganda ular ma’lum tip hujayraga aylanadi (137-rasm). 4. Tayyorlangan konstruksiyani patsient organizmiga implantatsiya qiiish. To‘qima muhandisligini muhim vazifasi, to'qima hosil bo'lishini osonlashtiruvchi uchlamchi matrikslami konstruksiya qilishdir. Matriks - karkas vazifasini bajarishi hamda o‘zak hujayralarini ko‘payishiga va ulami yangi to‘qimani ixtisoslashgan hujayraga aylanishiga yordam beraolishi (mana shu jarayonlami ko‘chaytirishi) kerak. To‘qima xo'jayin organizmga implantatsiya qilinib, yangi to‘qima hosil bo‘lgandan keyin, butunlay erib ketadigan matriksda o‘stirilishi yaxshiroq hisoblanadi. Bunda shikastlangan joyda faqat yangi to'qima qoladi. Shuningdek, matriks va yangi to‘qima qisman shakllangan «Biokompozit»ni ham implantatsiya qiiish mumkin. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling