Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Nanosomalar - (mitsellalar)


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186
Nanosomalar - (mitsellalar) - juda mayda dumaloq pufakchalar 
bo'lib, lipidlardan tashkil topgan, ammo liposomalardan farqli o‘laroq, 
ular ichki bo‘shliqqa ega bo‘lmaydi; nanosomalar tashqi muhitdan bir 
qavatli lipidli devorlar bilan ajratilgan.
Nanotrubkalar 
-
lipid-oqsilli 
strukturalar: 
tubulin 
deb 
yuritiladigan, globulyar oqsil bo‘lib, nanotrubkalami o‘zagini hosil 
qiladi va lipidli qo‘shqavat bilan qoplanadi; halqalar yoki zanjir bilan 
o'rab olinadi.
Membranasiz organoidlar - tarkibida elementar biologik 
membranalar saqlamagan organoidlar.
Periferik membranali oqsillar - lipidli qo‘shqavatni tashqi va 
ichki sirtidan joy olgan oqsillar.
Plazmalemma (hujayra membranasi) - sitoplazmani atrof- 
muhitdan ajratib turadigan, hujayrani struktura elementi.
Tilakoidlar - xloroplastlami ichki membranalaridagi o'simtalar, 
bosilgan (mustahkamlangan) sistemalar shaklida bo‘ladi; tilakoidlar 
o'ziga xos boMgan dastalar ko‘rinishida (bir-birini ustiga qo‘yilgan 
tangalarga o'xshagan) joylashadi va ulami granlar deb yuritiladi.
142


Tubulin - globulyar oqsil. U o‘z-o‘zidan yig‘ilish yo‘li bilan 
mikrotrubkalar (hujayrani membranasiz organoidi) hosil qiladi.
Elementar biologik membrana - barcha biologik membranalar 
uchun universal nom. Uning asosini lipidlami ikki molekular qavati 
tashkil qiladi (lipidli qo‘shqavat). Uni ikki tomonida va ichida oqsil 
joylashadi. Plazmalemma va hujayrani membranali organoidlarini hosil 
qiladi.
Takrorlash uchun savollar
1. Tirik sistemani nadmolekular (subhujayrali) darajada tuzilishini 
struktura-funksional birligi bo‘lib nima xizmat qiladi?
2. Plazmalemmani qanday kimyoviy moddalar hosil qiladi?
3. Plazmalemmalami tuzilishini o‘ziga xosligi nimada?
4. Membranali oqsillami tiplarini aytib bering.
5. Plazmalemmani periferik va integral oqsillari nima bilan 
farqlanadi?
6. Uglevodlar plazmalemmada qanday joylashadi?
7. Glikokaliks nima?
8. Plazmalemma qanday funksiyalami bajaradi?
9. Pensilvaniya universiteti olimlari, qanday moddalardan eng 
sodda sun’iy hujayra yasadilar?
10. Olimlar sun’iy hujayralarda qanday hodisalami kuzatdilar?
11. Elementar biologik membrana qanday tuzilgan?
12. Hujayralami membranali va membranasiz organoidlari nima 
bilan farqlanadi?
13. Qanday hujayra organoidlari membranasiz organoidlarga kiradi?
14. Hujayrani membranali organoidlarini keltiring.
15. Organoidlardan faqat qaysi birlari: a) o‘simlik hujayralarida; 
b) hayvon hujayralarida uchraydi?
16. Liposomalarni tuzilishini o‘ziga xosligini tushuntirib bering.
17. Lipid molekulalari qo‘shqavatda qanday joylashadi?
18. Liposomalarni qaysi xossalari ulardan tirik hujayraga moddalar 
yuborish maqsadida foydalanish imkonini beradi?
19. Oqsil-lipidli nanotmbkalar qanday tuzilgan?
20. Qanday qilib ochiq va yopiq nanotrubkalar yaratish mumkin?
21. Lipidlardan 
foydalanib 
yaratilgan 
nanopechat 
usulini 
mohiyatini tushuntirib bering.
143


22. Sun’iy yaratilgan membranalardan qaysilari biologik filtrlar 
vazifasini bajara oladi, masalan, sun’iy buyrak vazifasini?
23. Hayvon 
hujayralarini 
qaysi 
organoidlari 
xioroplastlarni 
eslatadi?
24. Xloroplastni tuzilishini tushuntirib bering.
25. Xioroplastlarni tilakoidlari asosida olimlar qanday gibridli 
nonokomplekslar yaratgan?
26. Xioroplastlarni tilakoidlari asosida yaratilgan nanokomp- 
lekslardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini tushuntirib bering.
27. Qanday qilib viruslar yangi kompozit nanomateriallar tayyor- 
lashda quruvchi bloklar sifatida ishlatilgan?
28. Hujayra membranasiga viruslami tabiiy kirish mexanizmlari 
nimalardan iborat?
29. Membranalar va viruslar asosida yaratilgan kompozit nanoma­
teriallar nima maqsadda ishlatilishi mumkin?

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling