Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Vazifalar
1-vazifa. Quyida keltirilgan «eukariot hujayralami tuzilish sxemasi» ni daftaringizga chizib oling. Rasmda ko‘rsatilgan raqamlar bilan belgilanadigan hujayra organoidlarining nomlarini yozib chiqing. Membranali organoidlaming nomlarini alohida ajratib keltiring. Membranali organoidlardan va strukturalardan qaysi birlari nanobiotexnologiyalarda ishlatilishini ko‘rsating. Sizning fikringizcha, yana qaysi organoidlar nanotexnologlar uchun qiziqish uyg‘otadi? Javoblaringizni asoslab bering. 144 2-vazifa. Quyida keltirilgan plazmalemmani tuzilish sxemasini daftaringizga yozib oling. Sxemada harflar bilan belgilangan, plazma- lemma hosil qiluvchi strukturalami nomlarini yozib chiqing. Oqsillami modifikatsiyasi natijasida, qanday strukturalar hosil bo‘lganligini ko‘rsating. Plazmalemmani tashqi sirti qaysi joyda joylashganligini aniqlang va ulami belgilab chiqing. Plazmalemmani tashqi sirti bilan ichki sirtini taqqoslang va ular orasidagi farqni tushuntirib bering. Plazmalemmani tashqi sirti o‘zgarib, ichki sirtga o‘xshab qolganida, uni (plazmalemmani) funksiyasi qanday o‘zgarishini tushuntirib bering. 3-vazifa. Elementar biologik membranani sxemasini daftaringizga chizib oling. Rasmda quyidagi strukturalami belgilab chiqing: yarim integral oqsil; transmembranali oqsil; sirtqi oqsil; lipidlarni gidrofil (polyar) boshchalari; lipid molekulaiarini gidrofob (nopolyar) dumlari. Ko‘rsatilgan oqsillardan qaysi birlari moddalarni hujayra (biologik) membranalari orqali transport qilish vazifasini bajaradi? 4-vazifa. Quyida keltirilgan rasmdan foydalanib, liposomalar va nanosomalami (mitsellalar) qiyosiy xarakteristikasi bo‘yicha jadvalni to‘ldiring. Lipid molekulalarini qaysi qismi tashqi muhitga (ichki bo‘sh- liqqa) qaragan? Lipidlami molekulalarini mana shunday orientatsiyasi bilan ular shakllangan muhit orasida aloqa bormi? Nanokonstruk- turalardan qaysilari (liposomalar yoki mitsellalar) moddalami hujayraga yo'naltirilgan transport qilishda kengroq ishlatiladi? Javobingizni tushuntirib bering. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling