Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Nanosomalar - (mitsellalar)
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Membranasiz organoidlar
- Takrorlash uchun savollar
Nanosomalar - (mitsellalar) - juda mayda dumaloq pufakchalar
bo'lib, lipidlardan tashkil topgan, ammo liposomalardan farqli o‘laroq, ular ichki bo‘shliqqa ega bo‘lmaydi; nanosomalar tashqi muhitdan bir qavatli lipidli devorlar bilan ajratilgan. Nanotrubkalar - lipid-oqsilli strukturalar: tubulin deb yuritiladigan, globulyar oqsil bo‘lib, nanotrubkalami o‘zagini hosil qiladi va lipidli qo‘shqavat bilan qoplanadi; halqalar yoki zanjir bilan o'rab olinadi. Membranasiz organoidlar - tarkibida elementar biologik membranalar saqlamagan organoidlar. Periferik membranali oqsillar - lipidli qo‘shqavatni tashqi va ichki sirtidan joy olgan oqsillar. Plazmalemma (hujayra membranasi) - sitoplazmani atrof- muhitdan ajratib turadigan, hujayrani struktura elementi. Tilakoidlar - xloroplastlami ichki membranalaridagi o'simtalar, bosilgan (mustahkamlangan) sistemalar shaklida bo‘ladi; tilakoidlar o'ziga xos boMgan dastalar ko‘rinishida (bir-birini ustiga qo‘yilgan tangalarga o'xshagan) joylashadi va ulami granlar deb yuritiladi. 142 Tubulin - globulyar oqsil. U o‘z-o‘zidan yig‘ilish yo‘li bilan mikrotrubkalar (hujayrani membranasiz organoidi) hosil qiladi. Elementar biologik membrana - barcha biologik membranalar uchun universal nom. Uning asosini lipidlami ikki molekular qavati tashkil qiladi (lipidli qo‘shqavat). Uni ikki tomonida va ichida oqsil joylashadi. Plazmalemma va hujayrani membranali organoidlarini hosil qiladi. Takrorlash uchun savollar 1. Tirik sistemani nadmolekular (subhujayrali) darajada tuzilishini struktura-funksional birligi bo‘lib nima xizmat qiladi? 2. Plazmalemmani qanday kimyoviy moddalar hosil qiladi? 3. Plazmalemmalami tuzilishini o‘ziga xosligi nimada? 4. Membranali oqsillami tiplarini aytib bering. 5. Plazmalemmani periferik va integral oqsillari nima bilan farqlanadi? 6. Uglevodlar plazmalemmada qanday joylashadi? 7. Glikokaliks nima? 8. Plazmalemma qanday funksiyalami bajaradi? 9. Pensilvaniya universiteti olimlari, qanday moddalardan eng sodda sun’iy hujayra yasadilar? 10. Olimlar sun’iy hujayralarda qanday hodisalami kuzatdilar? 11. Elementar biologik membrana qanday tuzilgan? 12. Hujayralami membranali va membranasiz organoidlari nima bilan farqlanadi? 13. Qanday hujayra organoidlari membranasiz organoidlarga kiradi? 14. Hujayrani membranali organoidlarini keltiring. 15. Organoidlardan faqat qaysi birlari: a) o‘simlik hujayralarida; b) hayvon hujayralarida uchraydi? 16. Liposomalarni tuzilishini o‘ziga xosligini tushuntirib bering. 17. Lipid molekulalari qo‘shqavatda qanday joylashadi? 18. Liposomalarni qaysi xossalari ulardan tirik hujayraga moddalar yuborish maqsadida foydalanish imkonini beradi? 19. Oqsil-lipidli nanotmbkalar qanday tuzilgan? 20. Qanday qilib ochiq va yopiq nanotrubkalar yaratish mumkin? 21. Lipidlardan foydalanib yaratilgan nanopechat usulini mohiyatini tushuntirib bering. 143 22. Sun’iy yaratilgan membranalardan qaysilari biologik filtrlar vazifasini bajara oladi, masalan, sun’iy buyrak vazifasini? 23. Hayvon hujayralarini qaysi organoidlari xioroplastlarni eslatadi? 24. Xloroplastni tuzilishini tushuntirib bering. 25. Xioroplastlarni tilakoidlari asosida olimlar qanday gibridli nonokomplekslar yaratgan? 26. Xioroplastlarni tilakoidlari asosida yaratilgan nanokomp- lekslardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini tushuntirib bering. 27. Qanday qilib viruslar yangi kompozit nanomateriallar tayyor- lashda quruvchi bloklar sifatida ishlatilgan? 28. Hujayra membranasiga viruslami tabiiy kirish mexanizmlari nimalardan iborat? 29. Membranalar va viruslar asosida yaratilgan kompozit nanoma teriallar nima maqsadda ishlatilishi mumkin? Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling