Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


 Nanobiotexnologiya rivojlanishining asosiy yo‘naIishlari


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
5. Nanobiotexnologiya rivojlanishining asosiy yo‘naIishlari
Nanotexnologiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar nanodunyo- 
ning biologik, kimyoviy va fizikaviy xossalari va hodisalarini 
o'rganishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, ular materiallar ishlab 
chiqarishda va yangi texnologiyalar yaratishda, mana shu xossa va 
xususiyatlami mujassamlashtirishni maqsad qiladi. Nanotadqiqotlar 
asosida erishilgan yutuqlar biotexnologiyada, tibbiyotda, elektronikada
transportda, 
qishloq 
xo‘jaligida, 
atrof-muhit 
muhofazasida 
va 
iqtisodiyotning boshqa sohalarida muvaffaqiyat bilan ishlatilib 
kelinmoqda: Nanotexnologiyalar tabiiy fanlami barcha yutuqlarini 
birlashirib, yangi inqilobiy texnologiyalarga asos solib kelmoqda. Yangi 
inqilobiy texnologiya - moddalar bilan ishlash jarayonlarida alohida


atomlar, molekulalar va ulami komplekslari yordamida manipulatsiya 
qilishni ko‘zdatutadi.
Nanobiotexnoligiyaning rivojlanishini asosiy yo‘nalishlarini uch 
guruhga yig‘ish mumkin:
- laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida tirik sistemalarni 
nanohodisalari va nanomexanizmlarini modellashtirish hamda qayta 
tayyorlash;
- tirik 
organizmlar 
ishtirokida 
nanobo‘lakchalar 
va 
nanomateriallar olish;
- tirik organizmni o'rganish, uni holatiga tashxis qo'yish va 
davolash maqsadida nanostrukturalar va nanojarayonlardan foydalanish.
Hozirgi 
zamon 
nanobiotexnologiyasining 
aniq 
vazifalari 
quyidagilar:
- an’anaviy 
sitologik va sitokimyoviy 
usullar yordamida 
yechilmagan fundamental biologik muammolami yechimini topish 
(biologik jarayonlami modellashtirish, tirik hujayralami atom-molekular 
komplekslarini va biomolekulalami holatini analiz qilish);
- genetik injeneriyasining yangi usullarini yaratish maqsadida 
nanobo‘lakchalami DNK molekulasi bilan o‘zaro munosabatlarini 
tadqiq qilish;
- nanobo‘lakchalar yordamida moddalarni biologik membranalar 
orqali transporti mexanizmlarini o'rganish va dori-darmonlami 
yo‘naltirilgan holda manzilga yetkazish nanotexnologiyasini yaratish;
- atrof-muhit 
tarkibida 
yoki 
odam 
organizmida 
ma’lum 
moddalarni aniqlash, shuningdek, mutatsiyani aniqlash maqsadida 
biologiya va tibbiyot uchun biosensorli sistema yaratish;
- tibbiyotda ishlatish uchun yangi nanomateriallar sifatida 
nanobo' 1 akchal ardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish: orga- 
nizmdan va uni sirtidan keraksiz va zaharli moddalarni chiqarib tashlash 
uchun sorbentlar (metabolizm mahsulotlari, og‘ir metallar, radio- 
nuklidlar, ksenobiotiklar) yaratish;
- kasallikni diagnostika qilish va eng boshlang‘ich bosqichida 
samarali davolash uchun yuqori sezgirlikka ega boigan va ishlatishga 
qulay bo'lgan sistemalar yaratish;
- nanoboiakchalar asosida oqsillarni ajratish, modifikatsiya qilish 
va ulami preparatlarini katta miqdorda ishab chiqarish uchun samarador 
bo‘lgan nanomateriallar hamda nanotexnologiyalar yaratish;
- bioanaloglar — bakteriyalar, viruslar, eng sodda hayvonlar 
asosida o‘z-o‘zini ishlab chiqara oladigan sistemalar yaratish;
26


- nanobo‘lakchalami murakkab tuzilgan organizmlar, jumladan 
hayvon va odam organizmiga ta’sirini o‘rganish;
- nanotexnologiyalar asosida dorivor moddalarni yangi avlodini 
yaratish;
- tirik organizmga ko‘chirib kiritish maqsadida biologik mos bo‘l- 
gan (organizm chiqarib tashlamaydigan) meditsina materiallari yaratish;
- immun tizimni qo‘zg‘atmaydigan (provakatsiya qilmaydigan), 
organizmdagi kasallangan joyni tuzata oladigan nanorobotlar ishlab 
chiqish.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling