Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tirik sistemaning tuzilish darajasini struktura-funksional birligi
- Fluoressensiya
- Elektron mikroskop
Yorug‘lik mikroskopi - ko‘z bilan ko‘rib boMmaydigan
obyektlami (yoki ulami strukturasining qismlarini kattalashtirilgan tasvirini olishga mo‘ljallangan optik asbob. Skanir qiluvchi zondli mikroskop - sirtni va uni aniq xarakteristikasini tasvirga oluvchi asbob. Bunda tasvirga olish jarayoni sirtni zond yordamida skanir qilishga asoslangan. Tirik sistemaning tuzilish darajasini struktura-funksional birligi - sistemani muayyan darajada tarixiy o ‘zgarishi, evolutsion jarayonni mazmunini tashkil qiluvchi diskret birligi. To‘qima - kelib chiqishi, tuzilishi, lokalizatsiyasi va organizmdagi fiinksiyasi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan hujayralar sistemasi va ulami hosilalari. Fibrobiastlar - hujayralar orasidagi moddalarni (masalan, kollagen, elastik, mukopolisaxaridlar) ishlab chiqaruvchi, birlashtiruvchi (bogiovchi) to‘qimaning hujayralari. Fluoressensiya — moddani qisqa vaqtli yorugMik .berishi. U energiya yutilishi natijasida kelib chiqadi. Fluoroxromlar - fluoressent mikroskopiyada obyektga ishlov berish maqsadida ishlatiladigan tabiiy yorug‘lik berish xususiyatiga ega bo‘lmagan modda. Bo‘yoqlar (akridin) pigmentlar va ulami hosilalari (xlorofil, porfirinlar), ba’zi bir alkaloidlar va boshqa fluoroxromlar hisoblanadi. Elektron mikroskop — yorug‘lik oqimi o‘mida elektronlar to'plamini ishlatish hisobidan 106 taga kattalashtirilgan tasvir beraoladigan uskuna. Takrorlash uchun savollar 1. Nanotexnologiya nima? 2. Nanobiotexnologiyaning nanotexnologiyaga nisbatan o‘ziga xosligi nimada? 3. Nanostrukturalar nima bilan xarakterlanadi? 4. Nanomasshtabni (nanodunyo elementlarini) noyobligi nimada? 5. Nanojarayonlar va nanohodisalar nima? 6. Nanobiotexnologiya nima? 7. Organizmni hayotiy muhim jarayonlari qaysi bosqichdan boshlanadi? 8. Nima uchun tirik sistemani molekular bosqichi (darajasi) nanostrukturalar bilan manipulatsiya qilishda asosiy hisoblanadi? 28 9. Subhujayra va hujayra bosqichlari qanday qilib, nanomexanizmlar yaratish va ulardan foydalanishda model bo‘lib xizmat qiladi? 10. Tirik sistemani to ‘qima, organ va organizm darajalarini (bosqichlarini) tavsiflab bering? 11. Tur hosil bo‘lish jarayoni qaysi bosqichda amalga oshadi? 12. Tirik sistemani populatsion, tur va biotsenotik darajalarini (bosqichini) tushuntirib bering? 13. Hujayrani o‘rganishning ichki tuzilishi va sirtini tadqiq qilishni qanday usullari bor? 14. Yorug‘lik va elektron mikroskoplami ko‘rish imkoniyatlari qanday? 15. Yorug‘lik mikroskopini zamonaviy markalarini tushuntirib bering? 16. Tirik hujayrani o‘rganish uchun qanday usul ishlatiladi? 17. Kvant nuqtalarini organik fluoroxromlarga nisbatan ustuvorligi nimada? 18. Biologik obyektlami o‘rganishda elektron mikroskoplami qanday turlari ishlatiladi? Ular qanday natijalar olishga imkon beradi? 19. Hujayralami o‘rganishda skanirlovchi zondli mikroskopdan foydalanish istiqbollari qanday? Imkoniyatlarichi? 20. Hozirgi vaqtda nanbbiotexnologiyani qaysi asosiy yo‘nalishlarini keltirish mumkin? 21. Nanobiotexnologiyaning rivojlanishidagi vazifalami tavsiflab bering? Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling