Genetik axborot DNK da alfavitni 4 ta harfi (A,G,T,S) bilan
yozilgan va 4 tipdagi azotli asoslar (adenin, guanin, timin, sitozin)
saqlagan nukleotidlarni ketma-ketligi orqali aks ettirilgan. Bir xil
oqsil (RNK) molekulasini kodlovchi DNK ni bir bo‘lagi «gen»deb
ataladi. Genetik axborot polipeptid molekulalaridagi
aminokislotalar
ketma-ketligini belgilaydi va shu orqali oqsil molekulasining birlamchi
strukturasini belgilab beradi. DNK hujayrani yadrosida (yadro
DNK si
yoki xromosoma DNK si) va sitoplazmada (yadrodan tashqaridagi DNK)
joylashadi. Sitoplazma organoidlarini DNK si (xloroplastlar, mitoxond-
riylar) yadrodan tashqarisidagi yoki sitoplazmatik DNK deb nomlanadi.
U ko‘proq analitik liniyasi orqali uzatiluvchi irsiy axborotni tashiydi.
3. RNK strukturasining o‘ziga xosligi va uning sayyoramizni eng
qadimgi nanosanoatidagi roli
Tirik organizmlar nuklein kisiotalar DNK bilan bir qatorda RNK
(ribonuklein kislota) ham saqlaydi.
RNK bilan DNK orasidagi farq
nimada?
Eng avvalo, ikki zanjirli DNK dan farqli ularoq RNK bir zanjirdan
iborat bo‘lgan makromolekuladir (19-rasm).
RNK - DNK molekulasida sintez bo‘ladi
va DNK zanjirlaridan
birini uchastkasini komplementar nusxasi hisoblanadi. RNK ni kimyoviy
tarkibini o‘ziga xosligi shundan iboratki,
RNK - DNK molekulasidagi
Do'stlaringiz bilan baham: