birlamchi struktura bilan oqsil molekulasini shakllanishi tugamaydi.
Oqsillami strukturasini shakllanishi qanday qilib nihoyasiga yetadi?
Ikkalamchi struktura - polipeptid zanjirini o‘ng tomonga qarab
buralgan a- spiraldan shakllanadi. Bu struktura har xil aminokislotalarni
- CO - NH - guruhlari orasida shakllangan vodorod bog‘lari
natijasida
kelib chiqadi (21-rasm).
Ko‘p oqsillarda polipeptid zanjirlar qiyshayib, o‘ziga xos ravishda
o‘raladi va noto‘g‘ri dumaloq strukturaga - globulaga aylanadi. Mana
shunday
tartibda oqsilni uchlamchi strukturasi shakllanadi. Globulani
mustahkamligi aminokislotalarni radikallari
orasida shakllanadigan har
xil bog‘lar (disulfid, ion, vodorod va gidrofob) bilan ta’minlanadi.
Oligomer (multimer) oqsillar
to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘ladi.
Bunday oqsillar bir necha polipeptid bogiaridan iborat bo'ladi.
Polipeptidlar o‘zaro
gidrofob munosabatlar, vodorod va ion bog'lari
orqali bog‘lanadi.
5. Oqsillami modifikatsiyasi
Oqsillami murakkab kimyoviy moddalar sifatida noyob bo‘lgan
xususiyati, ulami o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish xususiyatlari bilan bog‘liq.
Oqsil molekulalari o‘z-o'zidan tabiiy (nativ) uchlamchi struktura holatiga
kirib olishi, ulami faoliyat ko‘rsatishida katta ahamiyatga ega (22-rasm).
22-rasm. Ribosoma oqsillarining tabiiy strukturasini xilma-xilligi.
41
Shunisi ajablanarliki, oqsil molekulalari o ‘z-o‘zidan ma’lum holatda
aylanish xususiyatiga ega. Bu
holat nafaqat tirik hujayrada, balki undan
tashqarida sun'iy (in vitro) sharoitda ham amalga oshadi. Oqsilni
ma’lum holatga o‘tishi spontan ravishda (tashqi ta’sir natijasida emas),
hatto energiya manbalarini va fermentlarni
ishtirokisiz ham amalga
oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: