Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186
Vazifalar
1-vazifa. Nanomeditsina tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Bu 
haqda, nanotexnologik preparatlami ishlab chiqaruvchi va yaratuvchi 
kompaniyalami ulushi oshib borayotganligi, meditsinada ishlatishga 
ruxsat etilgan hamda yaratilishni har xil bosqichida turgan preparatlami 
nomlari kundan-kunga ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Diagrammada nanomeditsina sohasida ishlayotgan kompaniyalami 
yo‘nalishlari bo‘yichabo‘linishi ko‘rsatilgan:
1 - yetkazib berish sistemasi - 54%;
2 - implantatlar - 19%;
3 - in vitro diagnostika uchun vositalar - 17%;
4 - in vivo diagnostika uchun vositalar - 7%;
5 - davolash usullari va mahsulotlari - 3%.
Adabiyot va internet ma’lumotlaridan foydalanib, ko‘rsatilgan 
yo'nalishlaming zamonaviy bo‘linishini baholang. Bu munosabat 
qanday o'zgargan? Nanomeditsinaning qaysi yangi yo'nalishlarini (shu 
jumladan borlari ham) alohida ajratish mumkin?
2-vazifa. Odam anatomiyasi kursida o‘tilgan umumiy qon aylanish 
sxemasini eslang. Qaysi tomirlar arteriyalar, venalar va kapillarlar deb 
ataladi? Katta qon aylanish sistemasining kapillarlarida nimalar amalga 
oshadi? Nima uchun kapillarlar arteriya va venalarga nisbatan yupqaroq 
devorga ega?
Kapillarlarni ko‘ndalang kesimiga qarang. Periferik kapillar bilan 
bosh miya kapillarlari orasidagi farq nimada? Bu kapillarlarni qaysi 
biridan makromolekulalar oson o‘tadi? Organizmni qanday xossasi bosh 
miyani kapillarlarini tuzilishini ta’minlaydi? Nima uchun markaziy asab 
tizimi kasalliklarini davolash qiyin? Kapillarlar devorlaridan tashqari
254


qanday biologik to‘siqlarni bilasiz? Ulami qaysi prinsiplari asosida va 
qanday klassifikatsiya qiiish mumkin?
3-vazifa. 1929-yil to‘siqli funksiyalami asoschisi L.S.Shtem qon 
bilan to‘qima suyuqligi orasida himoya - boshqaruv moslashuvi borligini 
asoslab bergan. Ular orasida qon va markaziy asab sistemasi -
gematoensefalik orasidagi to‘siq alohida o‘rin egallaydi.
Gematoensefalik to‘siq sxemasini qarab chiqing? Uni yuqori 
tanlovini qaysi strukturalar ta’minlaydi? Markaziy asab sistemasining 
kapillarlari tuzilishining o‘ziga xosligini saimu chiqing. Qaysi hujayralar 
asab to‘qimalari tarkibiga kiradi? Neyrogliyani funksiyasi nima?
4-vazifa. XX asming boshida germaniyalik mikrobiolog olim Paul 
Erlix dori xuddi «sehrli o‘qqa» o'xshab, faqat kasallangan joyga yetib 
borishi va uni yo‘qotishi kerak deb yozgan. Bunday o‘q boshqa 
organlami chetlab o‘tib, ularga zarar yetkazmasdan dorilarni to‘g‘ri 
kasal organga yetkazib bergan va ulami kerak bo‘lmagan, ba’zida esa 
zaharli ta’sirlardan saqlagan bo‘lar edi. Ammo rak hujayralari 
rivojlanganda nima qiiish kerak? Rakda bakteriyalar emas, balki 
organizmni hujayralarini o‘zlari ishtirok etadi.
Xavfli shishga dorini tanlab yetkazilishini qanday tashkil qiiish 
mumkin? 1910-yil Paul Erlix kimyogar A.Bertgeym bilan hamkorlikda 
spiroxet (qaytalama tif kasalini chaqiruvchi bakteriya) va tripanosga (bir 
hujayrali uyqu kasalini qo‘zg‘atuvchi) tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi preparat 
yaratganlar. Dorivor moddalami yo‘naltirilgan transportini asosiy 
usullarini yoriting. Ulami samaradorligini taqqoslang. Bu usullardan 
qaysi biri eng yaxshi tanlov va yetkazishni aniqligini ta’minlaydi? 
Javobingizni tushuntiring. Boshqarilgan transportda «manzil» sifatida 
qanday molekulalar ishlatilishi mumkin? Eng kamida 3 ta misol 
keltiring.
255



Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling