Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Endofulleren - ichiga bir yoki bir nechta atomlar yoki eng sodda
molekulalar kiritilgan fulleren. «Shaklni eslab qolish» effekti - isitilganda dastlabki shaklga qaytish hodisasi. Deformatsiyaga uchratilgan ba’zi materiallarda kuzatiladi. in vitro - (lotincha, «shisha ichida») - tajribani tirik organizmdan tashqarida («probirka»da) o‘tkazish texnologiyasi. in vivo - (lotincha, «tiriklik ichida») - tirik organizmda tajriba o‘tkazish texnologiyasi. 251 Takrorlash uchun savollar 1. «Nanomeditsina» nima? 2. Nanotexnologiya, biotexnologiya va nanomeditsinalar orasida qanday o'zaro bog'liqlik bor? 3. Nanomeditsinani asosiy yo‘nalishlarmi sanab o‘ting. 4. Dorilarni an’anaviy shakllarida qanday kamchiliklar bor? 5. Tirik organizmni biologik barerlari nima? 6. Yangi dorivor fermentlar yaratilishida qanday vazifalar bajarilishi kerak? 7. Dorivor moddalami yo‘naltirilgan transportining asosiy usullarini xarakterlab bering. 8. «Passiv maqsadga intilish»ning faol birikmalami yo‘naltirilgan transportining bir usuli sifatida tushuntirib bering. 9. Shish to‘qimalami kapillarlari nima bilan farqlanadi? 10. Xavfli shish to‘qimalarini qanday o‘ziga xos bo'lgan xususiyatlari nanobo‘lakchalar to‘p!anishiga yordam beradi? 11. Dorivor moddalami boshqaruvchan transporti qanday amalga oshadi? 12. Qanday molekulalar «molekular manzil» funksiyasini bajarib, nanobo‘lakchalami tanlab transport qilinishini ta’minlaydi? 13. Qonda nanobo‘lakchalar aylanishini davomiyligi qanday faktorlarga bog‘liq? Qanday qilib uni cho‘zish mumkin? 14. Dorilarni yo‘naltirilgan transporti vositasi sifatida ishlatiladigan bo'lakchalami asosiy tiplari nimalar? 15. Dorivor moddalami tashuvchisi vazifasini bajaruvchi nanobo‘lakchalar qanday xossalarga ega bo‘lishlari kerak? 16. Liposomalar tayyorlash uchun qanday lipidlar ko‘proq ishlatiladi? 17. Liposomalarga gidrofil (gidrofob) moddalar kiritish mumkinmi? 18. Biologik faol moddalar (BFM) yo'naltirilgan transporti vositasi sifatida liposomalarni ustuvorligi nimada? 19. Liposomalarni o‘lchami qanday? 20. Dorivor moddalar tashuvchisi - nanobo'lakchalar tayyorlash uchun qanday polimerlar ishlatiladi? 21. Nanosfera va nanokapsulalami farqi nimada? 22. Dendrimerlar nima? 23. Dendrimerlami qaysi xossalari, ulardan dorivor moddalami tashuvchilari sifatida foydalanishga imkon beradi? 252 24. Fulleren uglerodning boshqa allotropik formalaridan nimasi bilan farq qiladi? Nima sababdan u meditsinada ishlatilishi mumkin? 25. Endofullerenlar qanday tuzilgan? Ulami meditsinada ishlatish imkoniyatlari qanday? 26. Uglerodli nanotrubkalar qanday qilib meditsinada ishlatilishi mumkin? 27. Hujayra nanoqoziqchalarga «o‘tirganlarida» ular bilan nima sodir bo‘ladi? 28. Nanotrubkalar majmuasi qanday qilib dorivor moddalarni hujayraga kiritish uchun ishlatiladi? 29. Nanotrubkalar massividan dorivor moddalaming xususiyatlarini har xil uchastkalarga yetkazish uchun foydalanish mumkinmi? 30. Qanday qilib bir massiv nanotrubkalar ishlatib, bir hujayraga bir nechta har xil moddalar kiritish mumkin? 31. Yuqumli kasalliklarga oid qanday vazifalar tezkorlik yechimini kutmoqda? 32. Antitanalami qanday o‘ziga xos bo'lgan xususiyatlari, ulami atom-kuchli mikroskoplar yordamida qo‘shimcha ishlov berish bosqich- larisiz aniqlash imkonini beradi? 33. Antitana nima? 34. Odamni immun sistemasidagi qaysi xatolar korrektirovkaga muhtoj? 35. Sun’iy antitanalar olish bosqichlarini tavsiflab bering. 36. Rak hujayralari uchun immunomagnitli sorbent qanday yaratilgan? 37. Bir organni sog'lom va kasallangan hujayralari asosida onkologik kasalliklami qanday davolash usullari yaratilgan? 38. Meditsina implantatlari qanday funksiyani bajaradi? 39. «Biomateriallar» nima? Ulami umumiy xossalari nimalar? 40. Implantatlar tayyorlash uchun ko‘proq qanday metall ishlatiladi? 41. Nanotexnologiyalar yaratilgan implantlami mukammallashti- rishlari mumkinmi? Javobingizni tushuntirib bering. 42. Qanday metallar yoki qorishmalar «shaklni eslab qolish» xususiyatiga ega? Bu hodisani tushuntirib bering. 43. To'qima implantati olishning bosqichlarini tavsiflab bering. 44. To‘qima muhandisligi uchun «mukammal» matriks qanday xossalarga ega bo'lishi kerak? 45. Elektrospinningni mohiyati nima? Bu usulda olingan mikro- va nanotolalar qanday ishlatiladi? Bu usulni kamchiligi nimalardan iborat? 253 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling