Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186
Nuklein kisiotalar -
polinukleotidlar, nukleotid qoldiqlaridan 
tashkil topgan fosfor saqlovchi yuqori molekulali organik birikmalar; 
nukleotid ketma-ketligi ko'rinishida «yozilgan» irsiy axborotlami 
saqlanishini amalga oshishini (realizatsiya) va uzatilishini ta’minlaydi.
Nukleotidlar - nukleozidfosfatlar, nuklein kislotalari, ko'plab 
kofermentlar va boshqa biologik faol birikmalami hosil qiluvchi birik­
malar; har bir nukleotid azotli asosdan (purinli va pirimidinli), uglevod- 
dan (riboza va dezoksiriboza) va fosfor kislotasini qoldig‘idan tuzilgan.
Oqsillami oligomerizatsiyasi - polipeptidlami (protomerlar. 
subbirliklar) oligomer strukturaga (oligomer molekulaga) qo‘shilish 
jarayoni.
Polipeptid - ko‘plab aminokislotalarni (monomerlami) peptid 
(azot - uglerod) bog‘lar orqali bog‘lanishi natijasida hosil bo‘Igan 
polimer.
Membranali retseptorlar - hujayra membranasida lokalizatsiya 
bo‘lgan retseptorlar.
Hujayra ichidagi retseptorlar — hujayra organoidi sirtida 
joylashgan retseptorlar. Oqsillami o‘z-o‘zidan bir shaklga kirishi 
(samoorganizatsiya) oqsil molekulalarini tabiiy (nativ), uchlamchi 
strukturaga o ‘z-o‘zidan yig‘ilishi va o‘z-o‘zidan qadoqlanishi.
Sensorli oqsil — signalni tushinish funksiyasini bajaruvchi oqsil 
ko‘proq hujayra membranasida joylashgan retseptor - oqsil.
Transmembranali oqsil - molekulasi hujayra membranasini teshib 
o‘tadigan oqsil.
Takrorlash uchun savollar
1. Biomakromolekulalar nima?
2. Sizga tanish bo‘lgan biomakromolekulalami monomerlami 
tavsiflab bering.
3. Hujayrada genetik axborotlami 
saqlanishi 
va undan 
foydalanish uchun qaysi makromolekulalar javobgar bo‘ladi?
4. DNK molekulasining tuzilishini tushuntirib bering.
5. DNK molekulasini qaysi qismi genom deb ataladi?
6. Qanday molekulalami qoidiqlarini ketma-ketligi DNK ni 
genetik kodini belgilaydi?
7. RNK molekulasinr tuzilishini o‘ziga xosligi nimada?
67


8. RNK ni qanday turlarini bilasiz? Ulami hujayradagi biologik 
roli nimalardan iborat?
9. Oqsilni kimyoviy tarkibini xarakterlab bering. Peptid bog‘i 
hosil bo‘lishini mexanizmi qanday?
10. Oqsillar hujayrada qanday funksiyalami bajaradi?
11. Oqsillami ikkilamchi, uchlamchi, to'rtlamchi strukturalari nima?
12. Oqsillami o‘z-o‘zidan shaklga kirishi (samoorganizatsiyasi) 
ning mohiyati nimada?
13. Birgina 
polipeptid 
molekulasini 
ko‘plab 
fazoviy 
konfiguratsiyasiga ega bo‘lishiga sabab nima?
14. Globulyar 
oqsillami o‘z-o‘zidan shaklga kirishini qanday 
bosqichlarini bilasiz?
15. Oqsillami modifikatsiyasiga misollar keltiring.
16. Oqsillami oligomerizatsiyasining mohiyatini tushuntirib bering.
17. Nima sababdan oligomerli oqsil komplekslari yengil tarqalib, 
yana dastlabki protomerlarga aylanib qoladi?
18. Oqsillami agregatsiya jarayoni nima?
19. Nadmolekular 
oqsil 
agregatlari 
bilan 
oligomerli 
oqsil 
komplekslarini farqi nimada?
20. Oqsillami agregatsiya jarayoni tinch yotgan hujayralarda 
kuchliroq kechadimi yoki faol hujayraiardami?
21. Oqsillami tabiiy agregatsiyasi ulami patologik (notabiiy) 
agregatsiyasidan nima bilan farq qiladi?
22. Tabiiy oqsil nanokomplekslariga nimalami kiritish mumkin?
23. Hujayra membranalarini 
qanday xususiyatlari evolutsiya 
jarayonida ular orqali transport bo'lishni maxsus mexanizmlarini kelib 
chiqishiga sabab bo‘Igan?
24. Plazmatik membranalar tarkibidagi transmembrana oqsillarini 
roli nimada?
25. Hujayra membranasida transport oqsillar qanday joylashadi?
26. Tashuvchi oqsillami faoliyat ko'rsatishini o‘ziga xos boMgan 
xususiyatlari nimada?
27. Kanal hosil qiluvchi transport oqsillami hujayradagi roli 
nimada?
28. Oqsil-retseptorlar qanday tuzilgan?
29. Membranali 
oqsil-retseptorlar 
hujayra 
ichidagi 
oqsil 
retseptor! ardan qanday farq qiladi?
30. Muayyan retseptorni (ligandi) bog‘lovchisi sifatida qanday 
modda xizmat qilishi mumkin?
68


31. Ionotrop va metanotrop retseptorlami funksiyalarini o‘ziga 
xosligi nimada?
32. Olimlar hujayra membranalaming oqsil-retseptorlarini fazoviy 
konstruksiyasini (uchlamchi strukturasini) o'rganish uchun qanday 
yondashishlardan foydalanganlar?
33. Nanobiosensorlami ishlashi, tashuvchi oqsillar va retseptorlar - 
oqsillami tuzilishlari hamda ulaming funksiyalari qanday xususiyatlarga 
asoslangan?
34. Kasalliklami diagnostikasi uchun nanobiosensorlar qanday qilib 
ishlatiladi?
35. Dorivor moddalarni yo‘naltirilgan transporti nimaga asoslangan?

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling