Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antitanalarni har bir turi ma’lum antigenlar (oqsil retseptorlar) bilan tanlab o‘zaro ta’sirga kirishadi.
' Nanobiosensorlar
yordamida unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda yomon sifatli o‘sma hujayralami aniqlash imkoniyati bormi? Bu savolga javob, uglerodli nanotrubkalar asosida yaratilgan nanobiosensorlar bo‘ldi. M a’lumki, organizmda begona moddalar paydo boMishiga javoban (bunday moddalarni antigenlar deb ataladi) immun sistemasi antitana ishlab chiqaradi. Antitanalar - spetsifik globulyar oqsillardir. Antitanalarni har bir turi ma’lum antigenlar (oqsil retseptorlar) bilan tanlab o‘zaro ta’sirga kirishadi. Olimlar rak hujayralarining membranalarini retseptorlariga (antigenlariga) spetsifik bo‘lgan antitanalarni ishlatishga urinib ko‘rishdi. Ular bilan (antitanalar) uglerodli nanotrubkalami yopib chiqdilar. Hosil bo‘lgan nanobio sensorlar organizmdagi yomon sifatli o‘smalami sezish (topish) va shishning turini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. 62 Nanobiosensorlar kasalliklarga tashxis qo‘yishdan tashqari, dorivor moddalarni nishon - hujayraga yo‘naltirish maqsadida ham ishlatilishlari mumkin. Hozirgi vaqtda, sirti maxsus sensor molekulalar bilan qoplangan (o‘ziga xos antitanalarga o‘xshagan) nanoyetkazuvchilar (liposomalar, mitsellalar, polimerli nanobo4lakchalar) yaratish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunday nanoyetkazuvchilar organizmni har qanday qismida bo‘lgan nishon - hujayrani topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nanoyetkazuvchilami ichiga dorivor moddalarni molekulalari yoki hujayrani o4zini-o‘zi yo‘qotib yuborishini ishga soluvchi oqsilni kodlovchi gen joylashtirish ham mumkin bo‘ladi. Antitanalar «kasal» hujayralaming retseptorlari bilan bog'Ianganda, yetkazuvchidagi moddalar hujayrani ichiga kirib oladi, bu esa, kasal hujayralami «sog4lomlanishiga» yoki rak hujayralami o‘limiga olib keladi. Shunday qilib, tibbiyot uchun nanobiosensorlardan foydala- nishni ikki yo4nalishi katta qiziqish uyg‘otadi: birinchidan, kasal hujayra antigenlariga spetsifik bo4lgan antitanalar topish; ikkinchidan, to4g4ridan-to4g‘ri kasal hujayralarga dorivor moddalarni tanlab olib borish. Nanobo4lakchalar bilan bog4langan dorivor moddalardan foydalanish ulami (dorilami) kasal organga yetib borishgacha bo4 Igan yo‘lda sodir bo‘ladigan parchalanishini va faolligini yo4qotishini minumumga yetkazish imkonini beradi. Bunda keraksiz bo‘lgan qo‘shimcha hodisalami oldi olinadi va preparatni samaradorligi oshadi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling