Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Nanobiotexnologiyada ishlatiladigan DNK ni xossalari. DNK ni o‘z-‘zidan ikkilanishi (autoreplikatsiya)
Internet - saytlar
www.nkj/ ru/ archive/ articles/604 nanosvit. com/ publ/15-1-0-113 www.science.uva.nl/ research/its/molsim/research/. 73 3-bob. DNK MOLEKULASINING STRUKTURASI VA XOSSALARI ASOSIDA NANOBIOTEXNOLOGIYA Reja: 1.Nanobiotexnologiyada ishlatiladigan DNK ni xossalari. DNK ni o‘z-o‘zidan ikkilanishi (autoreplikatsiya). 2. Nuklein kislotalarini gibridizatsiyasi va uni amaliy ahamiyati. 3. Nuklein kisiotalar molekulalarini amplifikatsiyasi va uni amaliyotda ishlatilishi. 4. Nuklein kisiotalar asosida nanokonstruksiyalar yaratishga asosiy yondashish. 5. DNK va oqsillar asosida yaratilgan nanokonstruksiyalar. 6. DNK asosida sun’iy nanomateriallar. 7. Biochiplar va ulami DNK strukturasini o ‘rganishda ishlatilishi. 8. Nanoustqurmalar ishlatib DNK ni sekvenlash (ketma-ketligini aniqlash). I. Nanobiotexnologiyada ishlatiladigan DNK ni xossalari. DNK ni o‘z-‘zidan ikkilanishi (autoreplikatsiya) Tirik organizmlami ikkita asosiy xususiyati: - irsiyat va o‘zgaruv- chanlik, DNK ni nodir xossalariga asoslanadi. DNK ni bu xossalari nimalar? Birinchidan, DNK molekulasi o‘z-o‘zidan tiklanish xususiyatiga ega. 0 ‘z-o‘zidan ikkilanish yo‘li bilan o‘zini-o‘zi tiklay oladigan yagona biologik makrorriolekula — bu DNK molekulasidir. Mana shu xususiyati tufayli DNK - hayotni barcha hujayrali shakllarida irsiy axborotlami tashishdek o‘ta m as’uliyatli vazifani bajaradi. Ikkinchidan, har xil turlarni DNK molekulalari, gibridizatsiya uchrash imkoniyatiga ega - har xil turlarining DNK zanjirini bo‘lakchalari yagona ikkizanjirli DNK molekulasiga yig‘ilishi mumkin. DNK ni bu xususiyatlari, nanotexnologiya muammo lari bilan shug‘ullanadigan tadqiqotchi va muhandislami e’tiborini o‘ziga tortmasdan qolmadi. Albatta, DNK ni nafaqat tirik hujayralarda, balki undan tashqarida, ya’ni laboratoriya sharoitida (in vitro) ham namoyon bo‘layotgan bunday xususiyatlari barchani hayratga solmasdan qo'ymaydi. Bunday xususiyatni asosida, o‘ta tartibli ketma-ketlikda sodir bo‘ladigan jarayonlar va hodisalar yotadi. Bu jarayon va 74 hodisalami mohiyatini tushunmasdan turib, ulami modellash hamda in vitro va ishlab chiqarish sharoitida qaytarish mumkin emas. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling