Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Tiriklikni o‘z-o‘zidan qayta tiklash muammosini tabiat qanday


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186
Tiriklikni o‘z-o‘zidan qayta tiklash muammosini tabiat qanday 
yechdi? Qanday qilib DNK molekulasi o‘zini-o‘zi qayta tiklashi 
mumkin? Mana shu o‘z-o‘zidan qayta tiklanish jarayonining asosida, 
DNK ni o‘z-o‘zidan ikkilanishi (autoreplikatsiya) yotadi.
quyidagicha amalga oshadi (42-rasm).
Maxsus fermentlar (topoizomeraza va xelikaza) DNK ni dastlabki 
(ona) molekulasini tarqatadilar va ikki polipeptid zanjirga ajratadi. Ona 
DNK ni har bir zanjiri DNK-polimeraza fermenti yordamida, DNK 
ni yangi zanjirini yig‘ish uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi.
R N K -praym aza
Oqsil
42-rasm. DNK ni о ‘z-o 'zidan ikkilanishi (autoreplikatsiya). .
DNK-polimerazani o‘ziga xos xususiyati shuki, u qiz DNK ni 
sintezini noldan boshlay olmaydi. DNK-polimeraza polinukleotid 
zanjirini З'-исЫ bo‘sh bo‘Igan da, ularga nukleotidlar qo‘sha (ulay) 
oladi. Shuning uchun avval boshqa ferment-RNK-praymaza, RNK- 
zatravka quradi va undan keyingina, DNK-polimeraza qiz zanjirini 
uzaytiradi (o‘stiradi). Bunda bitta qiz zanjir (yetakchi) to‘xtovsiz sintez
75


bo‘lib turadi (42-rasm). Boshqa qiz zanjir (quloq) mayda fragmentlardan 
(Okazaki fragmentlaridan) yig'iladi. Shundan keyin, DNKni bitta qiz 
va bitta ona zanjiri ulanib, DNKni qiz molekulasini hosil qiladi.
Nihoyat, tuzilishi ona DNK dan farq qilmaydigan ikki zanjirli qiz 
molekulalar paydo bo‘ladi. Ulami har biri, dastlabki ona DNK 
molekulasining bir zanjiridan va bitta yangi sintez bo‘lgan qiz zanjiridan 
tashkil topgan bo‘ladi (42-rasm). Bir avloddan keyingi avlodga, ona 
DNK molekulasidan faqat birgina zanjir o‘tadigan, DNK replikatsiyasini 
mexanizmi yarim konservativ mexanizm deb nom olgan.
2. Nuklein kislotalarini gibridizatsiyasi va uni amaliy ahamiyati
DNK molekulasining ikkinchi unikal xususiyati - gibridizatsiya- 
lanish qobiliyati - uning strukturasini o‘ziga xosligiga asoslangan (2- 
bobga qarang). Har xil turlar (organizmlar) DNK molekulasini 

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling