Hujayra membranasidan transmembranali
oqsil-retseptorlar ajratib
olingandan keyinroq, ular o‘zlarini fazoviy strukturalarini o‘zgartirib
yubordi. Uchlamchi strukturalarini aniqlash mumkin bo‘lgan,
oqsil-
retseptorni fazoviy konfiguratsiyasini aniqlashda uchraydigan
muammolarni yechishni boshqa yo‘li bormi? Bu savolga javob
AQSH ni Djordjiya shtatidagi Texnologiya
institutining biologik
sistemalar laboratoriyasida topildi. Djefri Skolnik boshchiligida
ishlaydigan bir guruh tadqiqotchilar
kompyuterdan foydalanib, oqsil-
retseptomi modelini yaratdilar. Buning uchun olimlami o‘zlari 2004-
yilda yaratgan maxsus kompyuter Dasturi TASSER dan foydalanildi.
TASSER dasturi oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalar
ketma-ketligi asosida, yuqori aniqlikda uni fazoviy (uchlamchi)
konfiguratsiyasini aniqlash imkonini berdi. Dastlabki ma’lumotlar
sifatida uzunligi 500 aminokislotadan oshmagan 907 ta GPCR oqsil-
larini genetik kodlaridan foydalanildi. Ulardan 820
tasi uchun keyingi
tadqiqotlarda ishlatishga yaroqli bo‘lgan ma’lumotlar olishga erishildi.
Hozirgi paytda, bu laboratoriyada har xil dorivor moddalaming moleku
lalarini modellash va ulami transmembranali oqsil-retseptorlar bilan
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: