Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Yaratilgan dorivor moddalarni retseptor - oqsillar GPCR bilan


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186
Yaratilgan dorivor moddalarni retseptor - oqsillar GPCR bilan 
bog‘Ianishlarini qanday ta’minlash mumkin? Boshida bu muammoni 
yechish unchalik katta muammo bo‘lib ko‘rinmadi. Chunki, dorivor 
moddalar ligand vazifasini bajaradi, asosiy muammo ular bilan 
retseptorlarda bo‘lgan ligandlami 
tanish «uchastkalari» oralig‘idagi 
bog‘lanishni tashkil qilishdan iboratdek tuyuladi. Buning uchun oqsil- 
retseptomi fazoviy strukturasini bilish shart. Ammo oqsil-retseptorlami 
konfiguratsiyasini o‘rganish juda qiyin va natijasiz bo‘lib chiqdi.
58


Hujayra membranasidan transmembranali oqsil-retseptorlar ajratib 
olingandan keyinroq, ular o‘zlarini fazoviy strukturalarini o‘zgartirib 
yubordi. Uchlamchi strukturalarini aniqlash mumkin bo‘lgan, oqsil- 
retseptorni fazoviy konfiguratsiyasini aniqlashda uchraydigan 
muammolarni yechishni boshqa yo‘li bormi? Bu savolga javob 
AQSH ni Djordjiya shtatidagi Texnologiya institutining biologik 
sistemalar laboratoriyasida topildi. Djefri Skolnik boshchiligida 
ishlaydigan bir guruh tadqiqotchilar kompyuterdan foydalanib, oqsil- 
retseptomi modelini yaratdilar. Buning uchun olimlami o‘zlari 2004- 
yilda yaratgan maxsus kompyuter Dasturi TASSER dan foydalanildi.
TASSER dasturi oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalar 
ketma-ketligi asosida, yuqori aniqlikda uni fazoviy (uchlamchi) 
konfiguratsiyasini aniqlash imkonini berdi. Dastlabki ma’lumotlar 
sifatida uzunligi 500 aminokislotadan oshmagan 907 ta GPCR oqsil- 
larini genetik kodlaridan foydalanildi. Ulardan 820 tasi uchun keyingi 
tadqiqotlarda ishlatishga yaroqli bo‘lgan ma’lumotlar olishga erishildi. 
Hozirgi paytda, bu laboratoriyada har xil dorivor moddalaming moleku­
lalarini modellash va ulami transmembranali oqsil-retseptorlar bilan 
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling