36-rasm. Hujayra membranasi strukturasidagi membranali retseptorlar
(plazmalemmalar): 1- membranalarni lipidlari bilan bog'langan uglevodlar
(glikolipidlar); 2 - glikoproteid tabiatli retseptorlarni bo ‘sh uchlari;
3 - antennalar; 4 - lipidlarni bimolekular qavatidagi gidrofil uchastkalar;
5,6 - retseptorlar; 7 -lipidlarni bimolekular qavatidagi gidrofob qismlar.
10. Membranalarni retseptorlik funksiyasini o‘rganish va yangi
nanobiotexnologiyalar yaratish
Hujayra membranalarini retseptorlik funksiyasini o‘rganishda,
trans-
membranalik oqsillami (ulami GPCR deb ham ataladi) o‘rganish alohida
istiqbolli hisoblanadi. Bu ishlab chiqariladigan dorivor moddalarni
uchdan
bir qismi, hujayraga faqat GPCR oqsil-retseptorlar bilan o‘zaro
munosabatga kelishishlari bilan bog‘liq. Shuning uchun ko'plab dorivor
moddalarni samaradorligi ulami hujayra
membranasida lokalizatsiya
bo‘Igan GPCR oqsillar orqali bogMana olishi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: