Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday qilib ikki zanjirli DNKning shoxianishini yoki uning ma’lum bir joyidan DNK fragmentini olib tashlashni yo‘lga qo‘yish mumkin
Birinchidan, biomolekulalar tezkorlik bilan murakkab nadmo
lekular strukturalar hosil qilish (o‘z-o‘zidan yig‘ilishga) xususiyatiga ega. Ikkinchidan, bunday biologik strukturalami shakllanishini (o‘z- o‘zidan yig‘ilishi) o‘ta nafislik bilan boshqarish mumkin. Bu esa, o'zi- o‘zidan yig‘ilishni har xil yo‘llarga yo‘naltirish imkonini beradi. Demak, xilma-xil nanokonstruksiyalar va nanomateriallar yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Xilma-xil biologik birikmalar orasida nuklein kisiotalar alohida o‘rin tutadi. Ular nanokattalikka ega bo‘lgan materiallar yaratishda juda katta ustuvorlikka ega. Kichikkina (uzunligi 50-100 nm) ikki zanjirli DNK molekulalari qalinligi bor-yo‘g‘i 1-2 nm bo‘lishiga qaramasdan juda yuqori qattiqlikka ega. Shu uchun ham undan «qutilish bloklari» sifatida foydalanish juda qulay. Shuning bilan birga bir zanjirli nuklein kislota egiluvchanlikni saqlagan holda, o‘ziga komplementar bo‘lgan zanjimi tanish imkoniyatiga ega. Mana shunday ikki zanjir osongina bir- biriga vodorod bog‘lari bilan bog‘lanib, ikki zanjirli strukturani (DNK molekulasini) hosil qiladi. DNK ni ikki zanjirli molekulasini yoki ulami fragmentlarini uzun qatorga bog'lash muammoli bo‘lib chiqdi. Balki busiz DNK asosida nanokonstruksiyalar yaratish imkoniyati qisqarar.' Qanday qilib ikki zanjirli DNKning shoxianishini yoki uning ma’lum bir joyidan DNK fragmentini olib tashlashni yo‘lga qo‘yish mumkin? Chunki mana shunday tadbirlami o‘tkazmasdan turib, nanostrukturalami uchlamchi holatining xilma-xilligini ta’minlash juda katta muammo. Biolog-olimlar bu muammoni hal qilishni juda ajoyib yo‘lini taklif qilganlar. Ular DNK zanjirining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imkoniyatlari (komplementar azotli asoslar orasida vodorod bog‘lari orqali bog‘lanish xususiyati)dan foydalangan holda, ikki zanjirli DNK molekulasiga qisqa bir zanjirli «dum» ulashni taklif qilishdi. Keyinchalik bunday «dumchalar» DNK molekulasining «yopishqoq uchi» deb ataldi. Agar ikki zanjirli DNK molekulasini oxirida bir zanjirli «dumlar» bo‘lsa, ularga boshqa zanjirlar ulash va shu tartibda shoxlangan molekulalar 83 shakllantirishni ko‘rsatib berdilar. Bu esa, yupqa panjaralar va murakkab fazoviy strukturalar yaratish imkonini berdi. Nuklein kislotalardan tuzilgan ikkilamchi va uchlamchi strukturalami o‘z-o‘zidan yig‘ ilish jarayoni sodir bo‘ladigan erituvchini o‘zgartirish orqali yengil boshqarish mumkin ekanligi aniqlandi. Bugungi kunda nuklein kisiotalar asosida nanokonstruksiyalar yaratishni ikki yo‘nalishi shakllangan: «qadam va qadam» va «birdaniga hammasini» konstruksiya qilish. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling