Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
DNK asosida sun’iy nanomateriallar
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu tolalarni xususiyatlarini qanday o‘zgartirish mumkin
6. DNK asosida sun’iy nanomateriallar
Transplantatsiyani (ko‘chirib o‘tkazish) tezkorlik bilan rivojlanib ketishi, donor organlami va biologik to‘qimalami yetishmasligiga olib keldi. Shuning uchun ham, xususiyatlari maksimal darajada tabiiyga yaqinlashgan mukammal sun’iy biologik to‘qimalar yaratish juda dolzarb muammo bo‘lib qoldi. Bu muammoni yechishda, tirik organizmlarga ko‘chirib o‘tkazilishga moMjallangan organlami (implantlami) yuqori darajada mustahkamligini va egiluvchaniigini ta’minlash asosiy vazifaga aylandi. Elastiklik (egiluvchalik) implantatga yuqori darajada mexanik ta’sir o‘tkazilganda, paydo boMadigan shamollash jarayonlarini oldini olishga moMjallangan. Bugungi kunda, tirik organizm to'qimalariga xos boMgan mustahkamlik bilan egiluvchanlik xususiyatlarini sun’iy materiallarda bir vaqtni o‘zida paydo qiiish, umuman mumkin boMmagan muammo hisoblanadi. D. Spinks rahbarligida Avstraliyada va Koreyada faoliyat olib borayotgan olimlar, bu muammoni yechimidan bir variantini topishga erishdilar. Ular transplantatsiya qiiish maqsadida, mexanik xossalari biologik to‘qimalami xossalariga o‘xshagan yangi material yaratishga erishdilar. Yaratilgan material DNK spirallari bilan uglerodli nanotrubkalami mustahkam kompozit sistemasidan iborat (58-rasm). Uglerodli nanotrupkalar DNK spirali bilan butunlay «o‘rab» chiqiladi va ulami kalsiy ioni saqlagan maxus suyuqlikka joylashtiriladi. Bunday suyuqlikda DNK spirallari bilan o'ralgan uglerodli nanotrubkalardan gelsimon massa shakllanadi. Hosil boMgan gelni xuddi sintetik tolaga o'xshatib cho'zish, o'rash va to‘qish mumkin. Nanotmbkalar va DNKdan hosil boMgan tola qurigandan keyin, qalinligi 50 nm boMgan nanotolalardan to‘qilgan tarmoq shakliga kirib qoladi. Bunda, har bir tola g'ovak strukturaga ega boMadi. 93 58-rasm. Uglerodli nanotrubkalar va DNK molekulasidan (rasmda chapda) tayyorlangan sun 'iy nanotolani (rasmda о ‘ngda) olish chizmasi. Ammo tibbiyot amaliyoti uchun yanada mustahkamroq va qalinroq nanotolalar kerak. Bu tolalarni xususiyatlarini qanday o‘zgartirish mumkin? Bu vazifa ham muvaffaqiyatli yechildi. Tadqiqotchilar nanotolalami qalinligini va mustahkamligini boshqarish usulini o‘ylab topdilar. Agar qurilgan tola kalsiy xlorid eritmasiga solib yuvilsa, DNK molekulalarini yanada bir-biriga «tikilishi» sodir bo‘ladi. Natijada nanotolalar qalinlashadi va mustahkamlashadi. Mana shu yo‘l bilan olingan nanotolalar o‘zlarining xususiyatlari bo'yicha oqsil tabiatli tolalarga yaqin va ular mushak, arteriya, teri, tog‘ay kabi organlami mustahkamligini va egiluvchanligini ta’minlab beraoladi. Shuning uchun ham DNK va uglerodli nanotrubkalardan tayyorlangan sun’iy nanotolalar kelajakda har xil sun’iy implantantlar yaratishda ishlatilishiga hech shubha yo‘q. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling