Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Biochiplar va ulardan DNK strukturasini tadqiq qilishda
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muayyan bir vaqtda, ma’lum bir gen yoki bir necha genlar qanday holatda turibdi, ular faolmi yoki bloklanganmi
7. Biochiplar va ulardan DNK strukturasini tadqiq qilishda
foydalanish Eukariot organizmlarda genlami soni juda ham ko‘p. Achitqi zamburug‘larida 6200 gen aniqlangan bo‘lsa, odam organizmida ulami soni 20000-25000 faol genga teng. Ammo organizmdagi bor genlami barchasi ham birdaniga (bir vaqtda) o‘zining faolligini namoyish qilavermaydi. Bir xil genlar faoliyat ko‘rsatayotganda, boshqasi blok- lanadi va to iiq ish faoliyatidan chiqib turadi. Muayyan bir vaqtda, ma’lum bir gen yoki bir necha genlar qanday holatda turibdi, ular faolmi yoki bloklanganmi? - degan savol juda ko‘p tug‘iladi. Genlami 94 faolligini nazorat qilish muammosini birinchilardan bo‘lib V.A.Engelgard nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasini molekular biologiya instituti olimlari yechishga muvofiq bo‘lganlar. Shu institutda akademik A.D. Mirzabekov rahbarligida faoliyat ko'rsatib kelayotgan bir guruh olimlar, biochiplar yaratish texnologiyasini ishlab chiqdilar. Biochip - bu oicham i bir necha santimetrga teng bo‘lgan matritsa bo‘lib, uning yordamida organizmdagi ko‘plab genlami funksional faolligi haqida ma’lumotlar olish mumkin. Biochip tayyorlayotganda maxsus (masalan, shisha) podlojkaga DNK molekulasini nusxalari surtiladi. Ular alohida gen yoki zanjirli polimeraza reaksiyasi (PZR) natijasida olingan DNK molekulasi bo‘lishi mumkin. Analiz o‘tkazish uchun to‘qima nusxasiga (masalan, qon) oldindan ishlov beriladi. Bu ishlov berish quyidagicha o'tkaziladi: Nusxadagi DNK molekulalami fluoressent moddalar bilan maxsus mikrokameraga joylashtirilgan biochipga surtib chiqiladi (59-rasm). Shundan keyin, biochipdagi genlar bilan probada saqlangan fluoressensiya qiluvchi DNK yoki RNK orasida gibridizatsiya o‘tkaziIadi. Nusxani molekulasi chipdagi tegishli gen bilan komplimentarlik prinsipi asosida o‘zaro munosabatga kirishadi. Biochipga ma’lum to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nur berilganda fluoressentda yorugMik paydo Namunani tayyorlash 59-rasm. Biochip yordamida tajriba о 'tkazish sxemasi. 95 bo'ladi (60-rasm). DNK (RNK) analizatori yorug'likni ko‘rinishiga qarab, nusxa tarkibidagi tegishli ketma-ketlikni aniqlaydi (61-rasm). i , i , i , i , i C B 60-rasm. Biochipni ishlash mexanizmining sxemasi. Biochiplardan foydalanish, eng aw alo, atrof-muhitni negativ ta’siriga sezgir bo‘lgan genlami aniqlash va organizmning funksiyasini nazorat qiiish uchun istiqbolli hisoblanadi. 61-rasm. Katakchalarni yorug 'lik chiqarishida olinadigan tasvir har bir о ‘rganiladigan organizm uchun о 'ziga xos (individual) bo ‘ladi. 96 Biochiplami ishlatilishi bakteriya va viruslami tezkor aniqlash imkonini beradi. Biochip yordamida odamni individual, genetik o‘ziga xosligini o‘rganish irsiy va onkologik kasalliklarga moyillik darajasini aniqlash imkonini ham beradi. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling