Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


strukturalarni sensor qurilmalarning sezgir elementlarini yaratish­


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186
strukturalarni sensor qurilmalarning sezgir elementlarini yaratish­
da ishlatish mumkinmi? Tez orada bu savolga ijobiy javob olindi. 
Uchlamchi nanostrukturalami nanoko‘prikchalariga o'ziga xos bo‘lgan 
«mini - ushlagich» kiritildi. Bu «mini - ushlagich» - kimyoviy birikma 
bo‘lib, u tahlil qilinadigan modda bilan aloqaga kirganda tezda 
parchalanadi. Nanoko‘prikcha buzilgandan keyin, anomal optik faollik 
pasayadi va uni kattaligi o‘lchalanadi. Bu ko‘rsatkichni kattaligi 
bo‘yicha nanoko‘prikni buzuvchi kimyoviy (biologik) birikmani 
konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Hozirgi vaqtda olimlar DNK 
asosida fizik-kimyoviy xususiyatlarini boshqarsa boMadigan uchlamchi 
nanostrukturalar yaratish ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ulami 
polimer plyonkalar tarkibiga kiritish orqali polimer matritsalar olish 
mumkin. 
Bunday 
polimer 
matritsalar, 
fotonikada 
parametrlari 
boshqariluvchi optik filtrlar sifatida o‘z o‘mini topishlari mumkin.
5. DNKva oqsillar asosida yaratilgan nanokonstruksiyalar
DNK dan avtonom ravishda harakatlanuvchi va to‘xtaydigan 
nanorobot yasash mumkinmi? Bu savolga birinchi bo‘lib javobni 
AQSH ning Kolumbiya universiteti olimlari topishgan. Ular DNK va 
oqsildan harakatlanuvchan, harakat yo'nalishini o‘zgartiradigan va 
to‘xtay oladigan avtonom molekular robot yaratishga erishdilar. Bu 
ishlanma «o‘rgimchak» (pauk) 
nanoroboti 
deb nom olgan. 
Nanorobotni uzunligi 4 nm dan iborat boMgan (56-rasm).
Bu nanorobotni avtonom harakatlanish muammosi qanday 
qilib yechilgan? Tadqiqotchilar DNK zanjiridagi polinukleotidlami vo­
dorod bogMari orqali o‘zlariga komplementar boMgan zanjir bilan bog‘- 
lanish xususiyatidan foydalanganlar. Shuning uchun ham nanorobotni 
yuradigan oyoqchalari DNKdan konstruksiya qilingan (57-rasm).
« 0 ‘rgimchak»ni jasadi «streptavidin» deb atalgan oqsildan 
shakllangan. « 0 ‘rgimchak»ni to‘rtta oyogMdan uchtasi boshqa DNK 
molekuiasining 
ketma-ketligi 
bilan 
bogManaoladigan 
va 
uni 
kesaoladigan DNK molekulasidan tuzilgan. « 0 ‘rgimchak» ni to‘rtta
91


oyog'i o‘ziga xos langar (yakor) bo‘lib, bu yo‘l boshidagi nuqtaga 
bog‘langan bo'ladi. Robot o ‘zini boshlang‘ich DNKsini maxsus zanjiri 
yordamida harakatga tushadi. Asosiy zanjirdan tashqarida joylashgan 
DNK uchastkasi bilan bog‘lanib, undan keyin uni kesib robot yo‘l 
bo‘ylab harakatga tushadi. Bunday nanorobotlami yaratilganiga bir 
necha yil bo'lishiga qaramasdan, ular hozirgacha bor-yo‘g‘i 3 qadam 
tashlagan xolos.
56-rasm. DNK va oqsildan tayyorlangan «О ‘rgimchak» nanoroboti.
57-rasm. DNK molekulalaridan tuzilgan «О ‘rgimchak» 
nanorobotining oyoqchalari.
« 0 ‘rgimchak» nanoroboti taxminan 100 nm yo‘l bosib o‘ta oladi 
(o‘rgimchakni o‘zini o‘lchamidan 25 marta ko‘proq yoki uni 50 
qadami). Bu masofani u 30-60 daqiqada bosib o‘tadi. « 0 ‘rgimchak»ning
92


harakatini olimlar atom-kuchli mikroskop yordamida kuzatganlar. Shu 
mikroskoplar yordamida nanorobotlami to'rt tomonga yo‘naltirish 
mumkin ekanligi kuzatilgan.
Hozirgi vaqtda olimlar nanorobotlami faoliyatini boshqarish hamda 
bir necha «o‘rgimchak»lami birga ishlashga «o‘rgatish» ustida bosh 
qotirmoqdalar. Uzoq istiqbolda bunday nanorobotlar eng mayda 
kapillarlarni tozalash va tirik organizmda rak hujayralami yo'qotish 
maqsadida ishlatilishi mumkin.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling