lipidli
qo‘shqavatda
erkin
harakatlanganlariga
qaramasdan,
plazmalemmaning konstruksiyasi yetarli darajada mustahkam bo‘ladi.
Tadqiqotchilarni hayratda qoldiradigani oqsillami xilma-xilligidir.
Membrana oqsillari
nafaqat
tuzilishlari
va fimksiyalari,
balki
joylashishlari bo‘yicha ham xilma-xildir.
Membranali oqsillar o‘zlarini lipidli qo‘shqavatda
joylashishlari
bo‘yicha ikkiga bo‘linadi: periferik (tashqi) va integral (ichida
joylashgan). Periferiyada joylashgan oqsillar lipid molekulalarini
polyarli boshchalari bilan elektrostatik o‘zaro ta’sirlar orqali bog‘langan
(74-rasm). Membrana hosil qilishda asosiy rolni integral (ichki)
oqsillar
bajaradi. Integral oqsillar to‘liq (butunlay) yoki qisman botirilgan
bo‘lishlari
mumkin.
Membranaga
to‘liq
botirilgan
oqsillami
integrallangan
oqsillar, qisman botirilganlami esa,
yarim integrallangan
oqsillar deb yuritiladi. Ba’zi oqsillar membranani to‘liq teshib o‘tadi
(ulami teshib o‘tuvchi yoki transmembranali oqsillar deb ataladi).
74-rasm. Plazmatik (hujayra) membranalarning oqsillari.
Hujayra membranalarini uchinchi komponenti - uglevodlardir. Ular
asosan, oligosaxaridlar va polisaxaridlardan tashkil topgan.
Hujayra
membranalarida uglevodlarni biologik roli nima? Plazmatik mem-
branalami uglevodlari oqsillar bilan bog‘langan holda (glikoproteinlar)
yoki lipidlar bilan bogMangan holda (glikolipidlar) boMadi. Ular hujayra
membranasining sirtida glikokaliks deb ataluvchi
nadmembranali qavat
hosil qiladi (73-rasm). Glikokaliks hujayralararo o‘zaro munosabatlami
amalga
oshiradi, hujayrani biologik himoya mexanizmlarida ishtirok
etadi, membranalarda oqsil molekulalarini stabilligini ta’minlaydi.
130