Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
rasm. Innovatsiyalarning shakllanish jarayoni
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
2.2.1 rasm. Innovatsiyalarning shakllanish jarayoni.
Masalan, o‘tgan asrda AQSh va sobiq SSSR o‘rtasida yuz bergan qurollanish poygasida bu gipotezaning amaliy ahamiyati o‘z isbotini topgan. Hozirgi kunda, dunyoning ko‘pgina davlatlarida innovatsiyalarni yaratishning bu usuli katta xarajatlar talab qilishi sabab qo‘llanilmaydi. Fundamental tadqiqotlarda innovatsiya jarayonining o‘zagi yaratiladi, ammo, odatda, ularda amaliy muammolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yechim topilmaydi. Fundamental tadqiqotlar natijalari ilmiy bilim, g‘oyalar va ilmiy bilim ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, fundamental tadqiqotlarning 90 foiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, 10 foizi ijobiy natija beradi va 3 foizigina amaliyotda qo‘llaniladi. Amaliy tadqiqotlarda fundamental (nazariy) bilimlar asosida tajribalar, testlar o‘tkaziladi. Bu tajribalar natijasi patentlar, ilmiy maqolalar ko‘rinishida bo‘ladi. Bozorga yangi mahsulot bilan kirib borishda yirik korxonalarda bozorni o‘rganish va mahsulotni sotish uchun maxsus guruhlar tashkil etiladi. Marketing va sotish bosqichlari innovatsion jarayon natijalarini sotish bilan bog‘liq. Bu modelning ustunliklari bilan birga kamchilik tomonlari ham bor. Masalan, innovatsiyalar har doim ham fundamental tadqiqotlar va ixtirolar natijasida paydo bo‘lmaydi. Hozirgi kunda ko‘proq bozor talabi innovatsiyalar yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, innovatsiyalarning kelib chiqish manbalariga ko‘ra 60 foiz bozor talabidan, 25 foiz texnologiyalardan va 15 foiz noma’lum manbalardan kelib chiqqanligi aniqlangan. Xulosa qilib aytganda, innovatsion jarayonning chiziqli modeli bozor ta’siri va innovatsion jarayonlar elementlari o‘rtasida yuz beradigan murakkab jarayonlarni inobatga olmaydi. “Bozor talabi bosimi” gipotezasida innovatsion jarayonlarga bo‘lgan ehtiyoj bozor talabi orqali shakllanadi deb qaraladi. Yangi g‘oya innovatsion jarayonning istalgan bosqichida paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni fundamental tadqiqot ta’sirisiz ham yuz berishi mumkin va innovatsion jarayonning barcha qatnashchilari: tadqiqotchilar, ishlab chiqaruvchilar, investorlar va tadbirkorlar innovatsiyani yaratishda birlashishlari lozim, deb hisoblanadi. Innovatsion jarayon bosqichlari ham o‘zaro ta’sirlashadi, bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, marketing va ishlab chiqarish jarayonlari amalga oshadi. Tadqiqotlarning natijalari innovatsion jarayonning turli bosqichlarida turlicha foydalaniladi. Shu bilan birga loyiha menejerlari va iste’molchilarning roli ham inobatga olinadi. Yuqoridagi ikki gipotezalarni birlashtirish natijasida chiziqli bo‘lmagan innovatsion jarayon modelini keltirib chiqarish mumkin. Unga ko‘ra davlat innovatsiyalarni rivojlantirishni ilmiy-texnik sohalarni moliyalashtirish orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Biznes inkubatorlarda va boshqa innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti bozorga chiqishi uchun sun’iy bozor talabi yaratiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling