Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-uslubiy asoslari
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
3.3. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-uslubiy asoslari
Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy uslublarini bayon qilishda innovatsion tadbirkorlik uni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash muhim hisoblanadi. Bunday faoliyat asosan innovatsiyani yaratuvchi insonlarning faoliyatidan tashkil topadi. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma tadbirkorligi deyilganda, shunday tuzilma tushuniladiki, bunda innovatorlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini samarali va ratsional tashkil etish uchun sharoit yaratuvchi tashkilot tuzilmalari (uyushmalar, markazlar va hokazolar) faoliyatidan iborat bo‘ladi. Bunday tuzilmalarda innovatsion ishbilarmonlik va tadbirkorlik bosh maqsad bo‘lib, shu asosda innovatsion infratuzilmalarning samarali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda innovatsion infratuzilmaning asosiy faoliyat belgilari o‘ziga xos farqli jihatlari hamda faoliyatni amalga oshiruvchi turlarini mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Faoliya yo‘nalishlari bo‘yicha: institutsional; bozor; ijtimoiy (sotsial); tashkiliy; kommunikatsion; ekspert konsaltingli. 2. Qaysi resurslardan foydalanish darajasi bo‘yicha: ishlab chiqarish texnologik; moliyaviy; axborotli; kadrlar tayyorlash. 3. Infratuzilma bo‘g‘inlari (zvenolari) bo‘yicha: ta’lim; texnopolisli; innovatsion klasterli. 4. Infratuzilma ob’ektlarining tiplari bo‘yicha: chiziqli (axborot aloqalari bo‘yicha); aniq yo‘naltirilganlik darajasiga qarab (laboratoriya poligonlari, oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha). 5. Iqtisodiyot sub’ektlari darajasi bo‘yicha: xalqaro darajadagi; mamlakat (tarmoq, region); iqtisodiy zonalar bo‘yicha; ma’muriy territorial komplekslar bo‘yicha; sanoat tugunlari bo‘yicha; sanoat birlashmalari (korxonalari). 6. Iqtisodiyotdagi muhit darajasi bo‘yicha: makromuhitdagi; mizomuhitdagi; mikromuhitdagi. 7. Aholining iste’mol talabini qondirish darajasi bo‘yicha: ma’lum kichik joylarda aholining kundalik turmush tarziga xizmat qiluvchilar; ma’lumot olishligi bo‘yicha; ovqatlanishi (umumiy); bola tarbiyasi; davolanishi; dam olish va boshqalar. 8. Ijtimoiy infratuzilmasi bo‘yicha: mehnat qiladiganlar; sotsial siyosiy jihatlari bo‘yicha; sotsial madaniy jihatlari bo‘yicha; maishiy infratuzilmalar; tabiiy muhitni himoya infratuzilmalari bo‘yicha; insonlar sog‘ligi bo‘yicha. Innovatsion iqtisodiyotni samarali innovatsion faoliyat asosida tashkil etish va innovatsion infratuzilmani shakllantirish innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlashning tizimli amalga oshirib borilishini taqozo etadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling