Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4‑mavzu. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining tashkiliy -iqtisodiy mexanizmlari Reja
- 4.1.Innovatsiya faoliyat infratuzilmasining ahamiyati
Tayanch iboralar
Iqtisodiyot, innovatsiya, texnologiya, salohiyat, innovatsion salohiyat, innovatsion ishlanmalar, texnologiyalar transferi, tadbirkorlik, innovatsion tadbirkorlik, intellektual mulk, tajriba markazlari. Nazoratvamuhokamauchunsavollar 1.Infratuzilma – bu nima? 2.Innovatsion infratuzilmaning vazifalarini aytib bering. 3.Kadrlar tayyorlash va axborot ta’minoti infratuzilmalarini yoriting. 4.Moliyaviy infratuzilma xususida nimalarni bilasiz? 4‑mavzu. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari Reja 4.1.Innovatsiya faoliyat infratuzilmasining ahamiyati. 4.2. Innovatsionfaoliyat infratuzilmasining tarkibi. 4.3. Innovatsiyalar bozorida tadbirkorlikni rivojlantirishning ayrim masalalari. 4.1.Innovatsiya faoliyat infratuzilmasining ahamiyati Mamlakatimiz iqtisodiyotida yirik moddiy, moliyaviy va intellektual resurslar to‘plangan. Fan‑texnika taraqqiyoti –ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga va ijtimoiy mehnat taqsimotining yanada chuqurlashiga yordam bermoqda, buning natijasida ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Albatta, bunday jihatlar yirik industriallashtirilgan ishlab chiqarishga xosdir. Uning masshtabi kengayib borishi davomida turli xizmatlarga talab oshib boradi. Shu sababli, ishlab chiqarishning rivojlanishiga optimal sharoit yaratishni ta’minlovchi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi innovatsion faoliyat sub’ektlariga zaruriyat tug‘iladi. Bular umumiy ko‘rinishda innovatsion faoliyat infratuzilmasi deyiladi. “Infratuzilma” atamasi lotin so‘zidan olingan bo‘lib, infra− quyi va structura− tuzilish, joylashish degan ma’noni beradi. Infratuzilma − iqtisodiy kategoriyadir. U milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismini ifodalab, katta miqdorda pirovard mahsulot yaratishga yordam beradi. U jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining bo‘linmas qismi bo‘lib, korxonalar faoliyatining pirovard natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Pirovard natijalar esa, innovatsion infratuzilmasi taraqqiyoti darajasiga ham bog‘liqdir. Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsion faoliyat infratuzilmasi sub’ekti deb: ishlab chiqarish-texnik, konsalting, moliyaviy, kadrlar tayyorlash, axborot va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tan olinadi (4.1.1-rasm). Innovatsion faoliyat infratuzilmasining muhim vazifalaridan biri –ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni yangiliklar yaratish yo‘nalishidagi funksiyalaridan asta-sekin ozod etish va ularga asosiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdir. Innovatsion faoliyat infratuzilmasi − yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni, shuningdek, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni yaratish, ularni ishlab chiqarishda o‘zlashtirish (amaliyotda qo‘llash) bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan sub’ektlar yig‘indisidir. Infratuzilma sub’ektlari mustaqil ravishda pirovard mahsulot ishlab chiqarmasada, innovatsion tadbirkorlikning pirovard natijalarga erishishlariga sababchi bo‘ladi. Ular umumiy innovatsion mahsulot ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos oraliq bo‘g‘in rolini o‘taydi. Infratuzilmaning innovatsion mahsulot ishlab chiqarish tizimidagi o‘rnini tavsiflovchi muhim jihati shundaki, u innovatsion tadbirkorlikni yagona maqsadli dastur asosida yuqori darajada yakuniy natijalarga erishishga xizmat qiladi. Shuningdek, ular innovatsion mahsulot ishlab chiqarishda mehnatning yuqori darajada bo‘lishligini ta’minlaydi. Demak, nfratuzilma – yaxlit xo‘jalik organizmi emas. Uning tarkibiga kiruvchi barcha tarmoqlar, ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimida o‘zlariga xos munosib o‘rinni egallab, innovatsion mahsulot ishlab chiqarishga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsion faoliyatda, bir tomondan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni, shuningdek, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni yaratgan innovatorlar tursa, ikkinchi tomonda esa, uni qo‘llash asosida yangiyoki takomillashgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan sub’ektlar turadi. Bu sub’ektlar o‘zaro bog‘liq va ular o‘rtasida o‘ziga xos mehnat taqsimoti mavjud. Ишлаб чиқариш-технологик таркибий қисм Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling