4.2. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining tarkibi
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishda, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egallashida va jahon hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlashda innovatsiyalar muhim ahamiyatga ega.
Rivojlangan davlatlarda ilm-fan yorug‘lik tezligida ilg‘orlashib bormoqda. Samarali ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan texnologiya insoniyat hayotini butkul o‘zgartirmoqda. Bunday jarayonni tushungan mamlakatlar ilm-fanni yuqori cho‘qqiga olib chiqish uchun bor kuch va resurslarni sarflashayotgani hech kimga sir emas. O‘zbekiston ham ushbu oqimga qo‘shilib, munosib o‘rinni egallashga harakat qilyapti.
Shu sababdan ham mamlakatimizning sotsial-iqtisodiy rivojlanishida fanning rolini kuchaytirishga va ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm jadal faollashmoqda.
So‘nggi yillarda texnoparklar (TP), innovatsion-texnologik markazlar (ITM), innovatsion-ishlab chiqarish komplekslari (IIK), klasterlar, starp korxonalar va boshqalar rivoj topmoqda.
Ilmiy-texnologik markaz −bu bir yerga zich joylashgan kompleks bo‘lib, umumiy ko‘rinishda ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari, sanoat korxonalari va kichik firmalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ilmiy g‘oyalarni ishlab chiqish va uni keyinchalik materiallashtirishda yangi tashkiliy tuzilmalar: innovatsion markazlar katta rol o‘ynaydi.
Innovatsion markazlar tarkibi quyidagilardan iborat:
texnologik parklar (ilmiy, ishlab chiqarish, innovatsion, biznes-park va hokazo);
texnopolislar;
fan va texnologiyalar mintaqalari;
innovatsiyalar inkubatorlari.
Технопарк дирекцияси
Венчурли молиялаштиришфирмалари
Кичик корхоналар
Экспертлар кенгаши
Тадқиқот қилиш лабораториялари, тажрибали ишлаб чиқариш
Жамоавий фойдаланиш бўлинмалари
Консалтинг компаниялари
Do'stlaringiz bilan baham: |