Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
4.1.1-jadval
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali13
4.1.1-jadvalda keltirilgan infratuzilma turlarining ayrim elementlari - axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari, moliyaviy strukturalar, patentli-litsenziyali korxonalar mos kelishi yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Innovatsion g‘oyalarning ma’lum bir mahsulot, texnologiya yoki xizmatlar ko‘rinishiga aylanishi va ularning sotilishida ro‘y beradigan harakatlar – bu innovatsion jarayondir. U ketma-ketlikdan iborat zanjir hisoblanadi. Bunda yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib yetadi”14 va xo‘jalik amaliyotida tarqaladi. Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin: Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S; bu yerda, Ft – fundamental tadqiqotlar; At – amaliy tadqiqotlar; I – ishlanmalar; L – loyihalashtirish; Q – qurilish; O‘ – o‘zlashtirish; Si – sanoat ishlab chiqarishi; M – marketing; S – sotuv. Amaliyotda infratuzilmani ikkita guruhga bo‘lish qabul qilingan: ishlab chiqarish va sotsial. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga innovatsion tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, sotsial turidagiga esa – xodimlarning normal mehnat faoliyatini ta’minlovchi va ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga yordam beruvchi tarmoqlar kiradi. Birinchi guruh tarmoqlari faoliyatining natijasi bevosita ishlab chiqarish uchun xizmatlar yaratish bo‘lsa, ikkinchisi–xodimlarning turmush darajasini oshirish bo‘yicha xizmatlardir. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga kiruvchi ishlab chiqarish kuchlarining tarkibiy elementlarini mehnat vositalari deyish mumkin. Ular ishlab chiqarish jarayonlarining sodir bo‘lishiga moddiy sharoitlar yaratib beradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirmasada, usiz bu jarayon sodir bo‘lmaydi, bo‘lgan taqdirda ham mukammal darajaga erishmaydi. Qayd etilganidek, innovatsion faoliyat infratuzilmasining tarmoqlari va bo‘limlari pirovard mahsulot yaratmaydi. Ular innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishdan to uni sotishga qadar, moddiy va nomoddiy sharoit yaratib beradi xolos. Infratuzilmaning ayrim elementlari ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi, uning uzuksiz amalga oshishiga va hokazolarga yordam beradi. Ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash deganda, masalan, ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga kiruvchi qismlarni, ya’ni moddiy-texnik ta’minot, moliyaviy rusurslar ta’minoti, kadrlar bilan ta’minlash va hokazolarning mavjudligi (shakllantirilganligi) tushuniladi. Sotsial infratuzilma innovatsion mahsulot ishlab chiqarishning kerakli mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirishga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va uning qo‘nimini ta’minlashga xizmat qiladi shu bilan u innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqarishjarayoni mahsulotlar muomalasi bilan yakunlanadi. Bunda ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulot iste’molchi tomon harakatlanadi. U sotilish joyiga yetkaziladi (yarmarka, ko‘rgazma va hokazo joylarga). Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling