Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Innovatsilar bozorida tadbirkorlikni
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
4.3. Innovatsilar bozorida tadbirkorlikni rivojlantirishning ayrim masalalari
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish– iqtisodiyotni ko‘tarish, aholi farovonligini oshirishning asosiy shartidir. Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, bu sohadagi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash,, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi bir qator qonun hujjatlari, jumladan, O‘zbekiston Pespublikasining “Tadbipkoplik faoliyati epkinligining kafolatlapi to‘g‘pisida”gi Qonuni qabul qilingan. Qonunning 3-moddasida: “Tadbipkoplik faoliyati (tadbipkoplik) tadbipkoplik faoliyati sub’ektlapi tomonidan qonun hujjatlapiga muvofiq amalga oshipiladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgapligi ostida dapomad (foyda) olishga qapatilgan tashabbuskop faoliyat”18, deyilgan. Tadbirkorlik mohiyatini chuqurroq anglashda tadbirkorlarning o‘zaro bog‘liq to‘rt faoliyatini alohida ko‘rsatgan amerikalik iqtisodchilar Kempell R.Makkonnell, Stenli L.Bryularning quyidagi nuqtai nazarlari alohida axamiyat kasb etadi: tadbirkor yer, mablag‘ va mehnat resurslarini mahsulot ishlab chiqarish xamda xizmat jarayoniga birlashtirish tashabbusini o‘z zimmasiga oladi; tadbirkor biznesni olib borish jarayonida asosiy qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni, ya’ni biznesni rivojlantirish yo‘nalishlari, korxona faoliyati yo‘nalishini belgilovchi operatsiyalarni o‘z zimmasiga oladi; tadbirkor yangi mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishga intiluvchi, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi yoki biznesni tashkil qilishni va rivojlanishning yangi shakllarini olib kiruvchi tashabbuskor shaxsdir; tadbirkor tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan xavfni o‘z zimmasiga oladi, zero, tadbirkor uchun daromad olish kafolatlanmagan, sarf etilgan vaqt, harakat va qobiliyatlardan daromad olish barobarida zarar ko‘rish ham mumkin. Bunday hollarda tadbirkor nafaqat o‘zining o‘z vaqti, mehnati va ishbilarmonlik obro‘si bilan, balki sarf etilgan mablag‘ bilan ham tavakkal qiladi19. Demak, ijodkorlik tadbirkorlik vazifalaridan biri bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatida doim mavjud bo‘lishi shartdir. Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday tadbirkorlik ham innovatsion bo‘la olmaydi. Faqatgina innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar innovatsion tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi. Innovatsion tadbirkorlik – kapitalni yo‘naltirishning yangi sohalarini izlash, mavjud mahsulotlar ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shaxsiy ustuvorlikni ta’minlash, daromad olish uchun turli imkoniyatlardan samarali foydalanishdir. Innovatsion tadbirkorlikning eng muhim va shu bilan birga eng murakkab vazifasi – yangi g‘oyalarni izlash va ularni tatbiq etishdir. Chunki, bu holda tadbirkordan nafaqat ijodiy fikrlash va yangi yechimlarni topish, balki istiqbolli fikrlash, kelajakdagi jamiyatning ehtiyojlarini ko‘ra olish xususiyatini xam talab etadi. Innovatsiya – tadbirkorlikning alohida quroli, tadbirkorona fikrlash innovatsion ko‘rinishidir.“... innovatsiya va yangiliklar innovatsiyaviy faoliyat natijasida yuzaga keladi, ular o‘zaro bog‘liq va biri ikkinchisiz mumkin emas. Ularning asosiy farqi shundaki,birinchi holatda ‒ yangi mahsulot shakllanishi jarayoni ro‘y bersa, ikkinchisida ‒ uni tijoratlashtirish jarayoni amalga oshiriladi”20. Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishiga: iqtisodiy va texnologik, siyosiy va huquqiy, boshqaruv-tashkiliy, sotsial-psixologik va madaniy kabiomillar ta’sir etadi (4.3.1-jadval). Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishga, yuqorida keltirilganlardan tashqari,innovatsion faoliyatni moliyalashtiruvchi 4.3.1-jadval Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling