Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet22/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

4.3.1-rasm. Innovatsiyaviy yangi mahsulot yaratish bosqichlari.23


Yangilik ijod qiluvchi tadbirkorning vazifasi– ixtiro­lar­ni tatbiq etish bilan birga ishlab chiqarishni isloh qilishdir, ya’­ni yangi texnologik imkoniyatlarni qo‘llash orqali yangi mahsu­lot­larni ishlab chiqarish evaziga eski mahsulotlarni yangi uslubda ishlab chiqarishdan iboratdir.
Innovatsiya yoki yangilik kiritish yangi jarayon, yangi vositani mahsulot jarayonini (texnik, iqtisodiy, tashkiliy, madaniy va boshqalar) yaratish va foydalanish. Faoliyat vositalari mahsulot va uslublarini takomillashtiruvchi tubdan (butunlay) yangilik va yangiliklarni ajratadi.
Innovatsion tadbirkorlikning quyidagi asosiy turi mavjud:

  • mahsulot innovatsiyalari;

  • texnologik innovatsiyalar;

  • sotsial innovatsiyalar.

Mahsulot innovatsiyalari − korxonaning sotish salohiyatini oshirish, mijozlarni ushlab turish, bozordagi ulushini kengay­ti­-rish, olinadigan foyda hajmini ko‘paytirish, moliyaviy holatini mus­tah­kamlash, nufuzini oshirish, yangi ish joylarini yaratishga qaratilgan.
Texnologik innovatsiyalar − ishlab chiqarish salohiyatini yangilash jarayoni hisoblanadi. U mehnat unumdorligini oshi­rish­ga, energiya, xomashyo va boshqa resurslarni tejashga qaratilgan bo‘­lib korxona foyda hajmini oshirishga imkon beradi. Shuningdek, tex­nika xavfsizligini takomillashtirish, atrof-muhitni muho­faza qilish tadbirlarini o‘tkazish, korxona ichki axborot tizim­lari­dan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
Sotsial innovatsiyalar − korxonaning sotsial muhitini rejali yaxshilash jarayonidir. Bu turdagi innovatsiyani tatbiq etish bozor­da ishchi kuchi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi, tashkilot xodim­larini qo‘yilgan maqsad sari safarbar etadi, korxonaning sotsial majburiyatlarga nisbatan ishonchini mustahkamlaydi.
Innovatsion tadbirkorlikning barcha turlari asosida mahsu­lot­larning yangi turlarini tayyorlash va o‘zlashtirish yotadi. Bunday tadbir­korlikning asosiy maqsadi − iste’molchi (xaridor)larga yetkazib beriladigan ilmiy-texnik mahsulot, axborot, intel­lek­tu­al boylik yaratish va ishlab chiqarishdir.
Innovatsion tadbirkorlik natijasida yangi tayyor mahsulot yuzaga keladi. Uni innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tad­bir­­korlik sub’ektlari (innovatsion faoliyatni amalga oshi­rish­dagi sarf-xarajatlar va daromadini o‘z ichiga olgan narxda) innovatsion mahsulot iste’molchisi bo‘lgan korxonalarga sotadi.
Mamlakatimizda innovatsion faollikni oshirishda davlat­ning roli o‘ta muhim hisoblanadi. Bu faqat O‘zbekistonga xos ko‘ri­nish emas, balki dunyoda innovatsion faol hisoblangan mam­la­kat­larda ham innovatsion muhitni yaxshilash va innovatsion tad­bir­kor­larni qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib boril­moq­da.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mir­zi­yoevning so‘nggi uch yilda AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya va yaqin qo‘shni davlatlarga amalga oshirilgan tashriflarida, bu mamlakatlarning tadbirkor-ishbi­lar­monlari bilan biznes forumlar o‘tkazib, ularni mamlakatimiz iqtisodiyotiga moliyaviy va intellektual kapital kiritishga bo‘l­gan qiziqishlarini oshirish siyosatini yuritmoqda.
Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra:

  • Rossiya bilan hamkorlikda Jizzax, Qashqadaryo va Surxon­daryo viloyatlarida neft va gaz konlarini qidirib topish va o‘z­lash­tirish;

  • Turkiya bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini klas­ster asosida tashkil etish, tekstil va qayta ishlash sanoatini ri­voj­­lantirish;

  • xorijiy texnologiyalar asosida gidroponik usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va boshqa shu singari loyi­ha­lar mamlakatimiz sanoat ishlab chiqarishini rivoj­lan­tir­ish­ning istiqbolli yo‘nalishlari hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, innovatsion tadbirkorlik– xo‘jalik yuritishning alohida ijodkorlik jarayoni bo‘lib, uning asosida yangi imkoniyatlarni muntazam izlash, innovatsiyaga yo‘nal­tiril­gan­lik, turli-tuman manbalardan doimiy masalalarni hal etish uchun re­surs­lar izlashni uddalash va ulardan foydalanish demakdir. U mavjud loyihani yaxshilash yoki yangisini tatbiq etish bilan bog‘­liq barcha tavakkalchilikni o‘z zimmasiga olishga tayyorligi, moli­yaviy, ma’naviy va sotsial javobgarlikni o‘ziga olishi va pirovar­di­da daromad olishdan qoniqish hosil qilishi bilan tavsif­lana­di. Innovatsion tadbirkorlik– tadbirkorlik faoliyatining barcha soha­lari rivoji uchun tayanch hisoblanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling