Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet7/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Tayanch iboralar

Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, infratuzilma, cotsial infra­tu­zil­ma, fan, texnika, samaradorlik, iqtisodiy barqa­ror­lik, raqo­bat­­chilik, boshqaruv, talab, taklif, fanning ob’ekti, fan­­ning pred­­­meti, fanning maqsadi.




Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Iqtisodiy fanlar va aynan “Innovatsion iqtisodiyot” fani jamiyat kadrlarining shakllanishida qanday rol o‘ynaydi?


2. “Innovatsion iqtisodiyot”fanining obe’ktinima?
3.“Innovatsioniqtisodiyot”faniyordamidaqandayqonunlarvaqonuniyatlaro‘rganiladi?
4.“Innovatsion iqtisodiyot”faniqandayfanlar bilan cham­ba­r­­chasbog‘liq?
5. Raqobatchilik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga qay tarzda ta’sir o‘tkazadi?
6. Iqtisodiy siyosat, iqtisodiy muhit va iqtisodiy fan­lar­ning o‘zaro aloqalarini ko‘rsatib bering.
7.Iqtisodiy faoliyatga daxldor mutaxassis qanday xislat­lar­ga ega bo‘lishi lozim?

2-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari


Reja:

2.1. Innovatsiyalar harakati, uning hayotiylik davri va bosqich­la­ri.


2.2.Iqtisodiyotda innovatsion bozorni boshqarish uslubiyati, innovatsion jarayonning gepotezalari.


2.1. Innovatsiyalar harakati, uning hayotiylik davri
va bosqichlari

Iqtisodiyotning zamonaviy yangi texnika texnologiyalar nou-xou­lar yaratilishi va amaliyotga qo‘llanilishi natijasida iqtiso­diy o‘sishni ta’minlovchi omillardan biri bu innovatsiyadir. I.Shum­peter ta’kidlaganidek, innovatsion faoliyat ishlab chiqa­rish­­­ning “mutatsiyasi” sifatida iqtisodiyotda yangi qo‘shilgan qiy­mat­ni yaratadi va bu jarayon texnik taraqqiyot natijalari hamda uning elementlarining iqtisodiyotga joriy etilishi oqibatida yuz beradi. Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatning eng muhim xarak­ter­li jihatlaridan biri bu innovatsiyalar harakati mohiyatini ko‘r­sa­tish, shuningdek uning yaratilishi (tarqalishidan tortib) to uning natijadorligigacha bo‘lgan barcha jarayon hamda bosqichlardan ibo­rat bo‘ladi. Innovatsiyalar paydo bo‘lish jarayonini o‘rganishda innovatsiyalarning tarqalish jarayoni – diffuziyasi muhim ahamiyatga ega. Mashhur amerikalik olim E.Rodjersning fikriga ko‘ra diffuziya – bu ma’lum vaqt davomida jamiyat a’zolari o‘rta­si­da ma’lum ijtimoiy tarmoqlar (tanish bilishlari, qarindosh­lar) orqali innovatsiyalarning tarqalishi (harakati) hisoblanadi9. Bi­rin­chi marta bu tushuncha XIX asrda fransuz sotsiologi G.Tard tomonidan taklif etilgan. 1950 yilda shved geografi T.Xagers­tand sotsial iqtisodiy hodisalar diffuziya jarayonini qishloq hu­dud­­larida o‘rgandi va Monte-Karlo usuli asosida bu jarayonni mo­de­l­lashtirdi. Innovatsiyalar (tarqalishining) harakatining har xil namoyon bo‘lish variantlari mavjud10:


1. Innovatsiyalar tashuvchisining (odamning) innovatsiya­lar­ni osonroq va tezroq joriy etish imkoniyati yuqori bo‘lgan hudud­lar­­ga megratsiya qilinishi natijasida;
2. Innovatsion(informatsion) yangilik yaratish to‘lqinining eng yaxshi moliyaviy va informatsion resurslarga boy joylarga ko‘chishi oqibatida;
3. Innovatsiyaga talab juda katta bo‘lgan joyga (amaliyotga) joriy etilgan innovatsiyaning diffuziya natijasidagi ko‘chib yurishi ko‘ri­­nishida.
E.Rodjersning “Innovatsiyalar diffuziyasi” asarida diffu­ziya­ni tadqiq etishdagi asosiy elementlar – bu yaratilgan yangi­lik­lar (innovatsiyalar), kommunikatsiya tarmoqlari, vaqt­(innovatsiya bo‘­yi­cha qaror qabul qilinish davri) va ijtimoiy tizim hi­sob­lanadi. E.Rodjers innovatsiyalarning insonlar tomonidan qa­bul qilini­shi yoki rad etilishiga ta’sir etuvchi bir nechta omil­lar­­ni ajratib ko‘r­sa­tadi. Bularga:
1. Nisbiy ustunlik(boshqa xuddi shunday o‘xshash mahsulotlardan ustun­liklari).
2. An’anaviy tizimga mos kelishi (innovatsiyalarning individlar qadriyatlariga mos kelishi).
3. Yangi mahsulotning foydalanishdagi qulayligi.
4. Innovatsiyani tekshirishning osonligi (haqiqatan ham yangi va bosh­qalardan farqli ekanligi).
5. Innovatsiyalar ustunligini yoritib berish osonligi va qulay­li­gi.
Iqtisodiyotda innovatsiyalar jamiyat rivojlanishi asosiy qonunlarini amalga oshirishning zaruriy elementi, uni rivoj­la­ni­shi va dinamik sharti hisoblanadi. Jamiyatda tashkilotning rivojlanishi ular faoliyatining barcha jabhalariga daxldor bo‘la­di­gan xilma-xil innovatsiyalarni o‘zlashtirish yo‘li bilan faoliyat yuritadi. Shuning uchun ham, innovatsiyalar yangi g‘oyalarni qidi­rish­dan tortib, ularni foydalanishgacha (sotilishi va tarqati­li­shi­ga­cha) bo‘lgan vaqtdagi faoliyatning barcha bosqichlari yig‘indisini hi­sob­lash uchun “innovatsion davr”, ya’ni “innovatsion sikl” tu­shun­chasidan iborat bo‘ladi. Uni ikki yo‘nalishga ajratish mum­kin. Birinchi yo‘nalishda innovatsiyalarda yangilikni yaratish bos­qi­chi, shu­ningdek, yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishi, g‘oyalarning ish­la­ni­shi yoki shakllanish bosqichi hamda yangiliklarni eksprement aso­si­da o‘z­lashtirish bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Ikkinchi yo‘na­lish­da esa, innovatsiyalarning hayotiy siklini o‘z ichiga olib, bunda innovatsiyalarning bozorga kirishi, ularning tijoratlashuvi (soti­lishi) va diffuziya fazasida, shuningdek, yaratilgan innovatsi­on to­varning barqaror sotilishi rutinizatsiya fazasidan hamda eng asosiysi yangi yaratilgan tovarni iste’molda keng tarqalib, an’­a­naviy mahsulotga aylanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Innovatsion siklni quyidagi rasmda ham ko‘rish mumkin. (2.1.1-rasm).





Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling