Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
1.2. “Innovatsion iqtisodiyot” – iqtisodiyot fanlarining tarkibiy qismi va bilimlar sohasi
Inson yaratilganidan bo‘yon o‘rganishga intilib kelgan mavjudot(zot). Ta’lim, ilm, uning uchun ehtiyoj. Ilm insonning o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba orqasida orttirgan bilimi. Bilim esa muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui. Fan − tadqiqotlar faoliyati sohasi bo‘lib, asosiy maqsad tabiat, jamiyat va fikrlash to‘g‘risida yangi bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. U tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimidir. Fan yordamisiz, atrofimizni o‘rab turgan dunyo to‘g‘risidagi bilimlar tizimini yaratmasdan jamiyat taraqqiyotiga erishish mumkin emas. Ilmiy o‘rganish voqelikni oddiy hayotiy tarzda qabul qilishdan farqli ravishda, hodisa va jarayonlarni chuqur anglash, o‘zaro aloqalarini ochib berish, ularning rivojlanish sabablari va kuchlarini aniqlash imkonini beradi. “Innovatsion iqtisodiyot” fani umumiy fanlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida yuqorida qisqacha to‘xtalib o‘tildi. “So‘nggi yillarda respublikada mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi”5. Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning madaniyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. “Innovatsion iqtisodiyot” bilimlarning mustaqil sohasi va iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko‘proq e’tibor qaratadi. Bunday sharoitlarda xo‘jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o‘rinda ishlab chiqarishning har bir bo‘g‘inida yuqori samara va sifat ko‘rsatkichlariga erishish masalasi qo‘yiladi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli bilim va ko‘nikmalarni, mablag‘ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to‘kinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi. “Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 192 mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, hozirgi davrda iqtisodiy o‘sishning 16,0 foizi jismoniy kapital (ishlab chiqarish vositalari, infratuzilma va h.k.), 20,0 foizi - tabiiy resurslar ta’minlaydi. Qolgan 64,0 foizi inson omili, birinchi navbatda bilim va malaka darajasi ulushiga to‘g‘ri keladi (1.2.1-rasm). Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling