Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Innovatsion marketing turlari, ta’sir etuvchi omillar va innovatsion marketing faoliyati samaradorligi


Download 0.98 Mb.
bet74/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

16.2. Innovatsion marketing turlari, ta’sir etuvchi omillar va innovatsion marketing faoliyati samaradorligi

Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyati xususiyatlaridan, uning ichki imkoniyatlari va tashki shart-sharoitlaridan kelib chiqadi. Bu yerda marketing va boshqa hamma oraliq faoliyat turlarining quyidagi maqsadlarga erishish uchun yagona yo‘naltiriladigan jarayonga birlashishi sodir bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida turli xil marketing turlarining harakatlanishini belgilab beradi.


Iqtisodiyotda an’anaviy marketing bilan bir qatorda innovatsion marketing rivojlanib bir qator o‘ziga xos turlari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:

  • munosabatlar marketingi;

  • tarmoq marketingi;

  • ijtimoiy marketing;

  • geomarketing;

  • megamarketing;

  • “yashil marketing”;

  • ta’surotlar marketingi.

Innovatsion marketingning yuqorida eng muhim turidan biri – bu munosabatlar marketingi bo‘lib, u korxona va mijoz uchun o‘zaro manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni ifodalaydi. Bunday marketing mijozning (korxona, xaridor, iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi va ishonchli mijozlar va ta’minotchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. Bunda ushbu mijoz uchun tovarlar va xizmatlarni to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi va yanada aniqroq aytiladigan bo‘lsa, munosabatlar marketingida (one-to-one marketingi) – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish va uni rivojlantirish, aynan ularga yuqori xizmat ko‘rsatish bilan belgilanadi. Bunda mijozni personifikatsiya qilish uchun axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlari foydalaniladi.
Tarmoq marketingi – bozor va mijozlarni birlashtiradigan sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha marketing fao­liya­tidir. Tarmoq marketingi quyidagi “toki sotuvchi va xaridor o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilmas, rivojlantirilmas va mustah­kam­lanmas ekan, bitimni amalga oshirib bo‘lmaydi”, - marketing postulatiga asoslanishi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy marketing – iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida ayirboshlashga ijobiy ta’sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Bunday marketingning ingliz tilidagi ifodasi “kause related marketing” ushbu atamaga to‘laroq va aniqroq ta’rif beradi. Umuman, ijtimoiy marketingning birlamchi vazifasi uzoq istiqbolda jamoatchilik uchun qulay marketing muhitini yaratish­dan iborat.
Geomarketing – taklifni yaxshiroq moslashtirish uchun mahalliy iste’molchilar talabini tushunish va aniqlashga yo‘nal­tirilishi bilan belgilanadi. Bunday marketing turli geografik tipologiyaga asoslanadi hamda ularni marketing bo‘yicha iqtisodiy makonlarini aniq va geografik tahlil qilishga asos­lanadi.
Megamarketing – atamasi ilk bor XXasrning o‘rtalarida AQShda F.Kotlerning marketing akademiyasida qo‘llanilgan. Megamarketingda jamoatchilik bilan aloqalar elementi sifatida kerakli bozorga kirish uchun axborot juda muhim rol o‘ynashini hisobga olishga asoslanadi. Megamarketingda u yoki bu mamlakat bozoriga transmilliy korporatsiyaning kirib kelishi, katta savdo-ishlab chiqarish va moliyaviy kompaniyalarni jalb qilinishi va natijada zarur bo‘lgan boshqa kattaroq bozorlarni ham egallashi bilan xarakterlanadi.
“Yashil marketing”da – tabiiy resurslarning cheklan­gan­li­gini anglab olish va tovarlar iste’moli hamda marketingning atrof-muhitga ta’siridan tashvishlanishni ifodalovchi (environ­men­talistik) harakatlar rivojlanib borayotganligini hisobga olishga asoslanadi. Shu bilan birga ekologik muammolarga e’­ti­bor kuchayadi va natijada ekologik jihatdan toza bo‘lgan mahsu­lot­ni ishlab chiqarish marketingini kengaytirish imkoniyati yara­ti­la­di.
Ta’surotlar marketingida iste’molchi tovar va xizmatlarni ularning funksional atributlaridan ko‘ra ko‘proq ularni iste’mol qilish, foydalanishda olinadigan emotsional samarasini hisobga olib, xarid qilishga asoslanadi. Bunda iste’molchi boshdan kechirilgan har bir kechinma, u jamoaviy yoki yakka tartibda bo‘lishidan qat’i nazar, alohida bir kishi uchun o‘z shaxsini, o‘ziga xosligini mustahkamlash usuli bosh mezon bo‘ladi.
Innovatsion marketing turlari asosida ushbu jarayonni jadal rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Bugungi iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida innovatsion marketing faoliyatini rivojlantirishga bir qator omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Innovatsion infratuzilmaning rivojlantirish.

  2. Innovatsion salohiyat va innovatsion faollikni oshirish.

  3. Innovatsion marketing faoliyatini rivojlantirishda mod­diy-texnik ta’minotni yaxshilash.

  4. Innovatsion marketing faoliyatida tashkiliy-boshqaruv omillari.


  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling